Txad
Chad (Tchad), Chad Respublikasi (République du Tchad) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni -1284 ming km². Aholisi -9 mln.ga yaqin kishi (2002). Poytaxti — Njamena shahri. Maʼmuriy jihatdan 28 prefekturaga bulinadi.
Davlat tuzumi
Chad — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 31-martda kabul kilingan. Davlat boshligʻi prezident (1991-yildan Idriss Debi), u umumiy tugʻri va yashirin ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy majlis va Senat) parlament, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni tayinlaydi.
Tabiati
Chad hududining koʻp qismi balandligi 250–400 m bulgan yassi tekislikdan iborat. Mamlakat shimoliy qismi Sahroi Kabir choʻlida joylashgan, janubiy Sohil deb ataluvchi chul va chala chul landshaftli savanna va Sudan tabiiy oblastining bir qismini egallaydi. Chekka shimolda Tibasti togʻligi bor (eng bal. joyi 3415 m, Emi-Kusi togʻi). Mamlakat shimoli-sharqida Ennedi va Erdi platolari, janubi-sharqiy qismida Vadai massivi joylashgan. Chadda boksit, diatomit, kaolin, neft, qalay, uran, oltin konlari bor; Chad kulidan soda va tuz olinadi.
Iqlimi shimolda tropik choʻl iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15°, iyulniki 30° gacha (ayrim hollarda 50° gacha borishi mumkin). Oʻrtacha yillik yogʻin 100–250 mm. Jan.da ekvatorial mussonli iklim. Qish mavsumi (oktabr— noyabrdan aprel—maygacha) quruq. Oʻrtacha temperatura eng sovuq oyda 21°, eng issiq oyda 33°, oʻrtacha yillik yogʻin (250–1000 mm) shimoldan janubga tomon ortib boradi. Shimolidadoimiy oqar daryolar yoʻq. Jan.da kema qatnaydigan yirik daryosi — Shari. Mamlakatning gʻarbiy chegarasida Chad koʻli joylashgan. Shimoliydagi toshloq choʻllarda tikanakli yarim buta va butalar, vohalarda tok, xurmo oʻstiriladi. Chekka janubda qizilqoʻngʻir tuproqlarda savannalar mavjud, baobab daraxti ham uchraydi. Savannalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar — fil, jirafa, kiyik, buyvol, karkidon; yirtqichlardan — arslon, leopard, sirtlon, chiyaboʻri bor. Shari daryosining yuqori oqimida maymunlar uchraydi. Qushlardan tuyaqush, saqoqush, qizilgʻoz bor. Ilon, kaltakesak va hasharot koʻp. Hayvonlarni muhofaza qilish va oʻrganish uchun Zakuma milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisining 1/3 qismidan koʻprogʻini sharinil tillarida soʻzlashuvchi xalqlar, 1/3 qismini arablar tashkil etadi. Chad koʻlining janubda chad tillarida soʻzlashuvchi mubi, xausa, massa xalqlari, Kamerun bilan chegaraga yaqin joylarda mbum xalqi yashaydi. Rasmiy tillar — fransuz va arab tillari. Aholining yarmidan kupi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon sunniylar; xristianlar ham bor. Yirik shaharlari — Njamena, Mundu, Abeshe.
Tarixi
Chad hududida odam qadimdan yashab kelgan. 9-asrda Chad koʻli havzasida Kanem davlati paydo boʻlgan. Kanem davlati tanazzulga uchragach, 14-asr oxirida Bornu davlati tashkil topdi. 19-asr oxirigacha hozirgi Chad hududining turli qismlarida Vadai (14-asr), Bagirmi (16-asr), Rabbah (19-asr) davlatlari vujudga keddi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Chad koʻli havzasini Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya egallab olishga intildilar. 1900-yil Chad Fransiyaning harbiy hududi deb eʼlon qilindi. Uning ayrim qismlarini bosib olish 1914-yilgacha davom etdi. 1904-yil Chad hududi UbangiShari — Chad mustamlakalari federatsiyasi (1910-yildan Fransiya Ekvatorial Afrikasi) (FEA) tarkibiga kirgan. 1914-yil Chad Ubangi-Sharidan ajratib olinib, FEAning alohida mustamlakasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Chad "Ozod Fransiya" harbiy qismlari tuziladigan hududga aylandi. Urushdan keyingi yillarda Chadda milliy ozodlik harakati avj oldi. 1946-yil Chad FEA tarkibida Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi"ga aylandi. 1947-yil tuzilgan Chad ilgʻor partiyasi Chad mustaqilligi uchun olib borilgan kurashga rahbarlik qildi. 1957-yil Chadda afrikaliklardan iborat hukumat kengashi tuzildi. 1958-yil 28-noyabrda Chad Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi respublika deb eʼlon kshshndi. Milliy ozodlik harakati avj olishi natijasida Fransiya hukumati Chadga mustaqillik berdi. 1960-yil 11-avgustda Chad mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1975-yil harbiy toʻntarish boʻlib, hukumat tarqatib yuborildi. Shu paytdan boshlab mamlakatdagi turli harbiysiyosiy guruhlar oʻrtasida bir necha bor qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. 1990-yil dekabrda hokimiyat tepasiga Idriss Debi boshchiligidagi Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati keldi va u koʻp partiyaviylik demokratik tuzumni joriy etish yoʻlini tanladi. Chad 1960-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1993-yil12-yanvarda tan olgan, 1994-yil 16-sentabrdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 11-avgust — Mustaqillik kuni (1960).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy uyushma, 1992-yil tuzilgan; Taraqqiyot va yangilanish milliy ittifoqi; Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati, 1990-yil tuzilgan; Yangilanish va demokratiya uchun ittifoq, 1992-yil asos solingan; Chad milliy ozodlik fronta, 1965-yil tashkil etilgan. Chad kasaba uyushmalari birlashmasi, 1988-yil tuzilgan.
Iqtisodiyoti
Chad — iktisodiy jihatdan zaif rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 39%, sanoat va qurilishniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 46% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi — iqtisodiyotning asosi. Chadning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Mahsuloti chetga chiqariladigan asosiy ekini paxta. Shuningdek, yer yongʻoq, sholi, bugʻdoy, tariq, joʻxori ekiladi; xurmo oʻstiriladi. Aholining 1/3 Qismi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Daryolari hamda Chad va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi.
Sanoati yaxshi rivojlanmagan. Uning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik. Oziqovqat sanoatida goʻsht, un, sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, pivo pishirish zavodlari bor. Chad koʻlidan osh tuzi va soda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 92 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Avtomobil yoʻllari uz. — 32,7 ming km, temir yoʻl yoʻq. Logone va Shari daryolarida 1 yilda 3 oy kema qatnaydi. Njamenada xalqaro aeroport bor. Chad chetga paxta, qoramol, goʻsht, teri chiqaradi; chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, transport vositalari oladi.
Tashqi savdoda Portugaliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi
Maorifi va ilmiy muassasalari
CH.da 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil Oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida maktab va intlarda amalga oshiriladi. Oliy taʼlimni Njamenadagi Chad universiteti beradi. Chad muassasalari: Paxta va toʻqish instituti, Milliy gumanitar fanlar instituti, planetariy, qishloq xoʻjaligi byurosi, ilmiy texnika byurosi, geogr. tadqiqot styasi va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Chadda fransuz tilida "InfoChad" ("Chad axboroti") kundalik byulleten chikadi (1964-yildan). Chad axborot agentligi 1964-yilda tashkil etilgan. Chad milliy radiosi hukumat radiostyasi hisoblanadi; 1955-yil tuzilgan. Chad televideniyesi, hukumat xizmati.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Chad xududidan paleolit va neolit davriga oid kryatoshlarga ishlangan rasmlar topilgan. Chadning oʻtroq aholisi Logone va Shari daryolari vodiylaridagi kichikroq shaharchalarda istiqomat qiladi. Aholi qishloklarda tomi choʻqqisimon, devorlari loy bilan suvalgan doirasimon va toʻgʻriburchakli kulbalar quradilar. Shaharlarda ichki hovlili, yassi tomli, atrofi kungurador devor bilan oʻralgan uylar barpo etadilar. Chad janubda 8—10-asrlarga oid qad. madaniyat yodgorliklari (keramika buyumlari, odam va hayvon tasvirlari tushirilgan sopol va bronza haykalchalar, odamning loydan tayyorlangan boshlari) topilgan. Chadda qadimdan amaliybezak sanʼatining toʻquvchilik, kashtachilik, kandakorlik, kulolchilik kabi turlari rivojlangan.
Musiqasi
Chad xalqlarining xalq qoʻshiqlari pentatonikaga asoslanadi; raqslardan mdomlang (ovchilar raqsi), ndon mbessi, bayyan, nʼdason (marosim raqsi), sai, basaka (bayram raqsi) turlari keng tarqalgan. Cholgʻu asboblari: zarbli — baraban (3 barabandan iborat ansambl mashhur), shaqildoq, koʻngʻiroqcha, ksilofonlar; puflama sozlar — algaita (goboy turi), kamigsdan yasalgan klarnet va boshqa Professional ansambllarda puflama sozlar barabanlar bilan birga ishlagiladi. 1970-yil Milliy rake ansambli tashkil etilgan.
Maʻmuriy boʻlinishi
Mamlakat 14 ta prefekturaga boʻlingan.
Eng katta shaharlari:
Aholi
Eng katta xalqlari: saralar va arablar (jami 200 etnik guruh istiqomat qiladi). Aholining 50%i musulmon, 30%i xristian, 20%i - butparast.
Tarix
Oʻrta asrlarda hozirgi Chad hududida Kanem davlati mavjud boʻlgan, unda musulmon tujjorlari oʻz tadbirkorliklarini yuritishgan.
Joʻgʻrofiya
Mamlakat hududida yirik Chad koʻli mavjud.
Siyosat
Ichki siyosat
Davlat boshligʻi - prezident, shuningdek qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni vazifasini olgan. 2005 yil 6-iyundagi referendumda qabul qilingan Konstituciyaviy oʻzgarishlarga koʻra, prezident toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 5 yilga saylanadi va cheksiz marta qayta saylanashi mumkin.
Qonun chiqaruvchi organ - Milliy qurultoy. Tarkibi - 155 deputat, ular toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil mudddatga saylanadi. Bu saylovlar soʻnggi marta 2002 yilda oʻtkazilgandi. 2005-yilda qabul qilingan Konstituciyaviy oʻzgartirishlar yuqori palata - Senatni bekor qildi.
Chadning ichki siyosiy hayoti afrikalik va arab etnik guruhlari orasidagi toʻqnashuvlar bilan xarakterlanadi, respublikada bir necha aksilhukumat guruhlar mavjud. Mamlakat sharqida Sudanning Darfur viloyatidagi vaziyat ahvolni beqarorlashtiradi, natijada Chadga 200 ming darfurlik qochqinlar koʻchib kelishdi, bundan tashqari, Chad hududini darfurlik qoʻzgʻolonchilar oʻzlarining bazasi,deb qabul qilishadi. Darfurda esa anchagina chadlik inqilobchilar yashirinishadi.
Tashqi siyosat
Iqtisodiyot
Chad Afrikaning eng qashshoq mamlakatlari sirasiga kiradi. Iqtisodiyot asosi - qishloq xoʻjaligi (YaIM 40%i), yetakchi sohalar paxtachilik va qoramolchilik hisoblanadi. Boksitlar, uran, qoʻrgʻoshin konlari bor, neft topilgan.
2003da Doba neft konini Kamerunning Atlantika okeani boʻyidagi Kribi porti bilan bogʻlovchi neft tarmogʻi rasman ishga tushdi. Bu tarmoq xalqaro byudjet evaziga qurilib, tushajak daromadni faqatgina ijtimoiy sohaga sarfash majburiyati berilgan.
Sogʻliqni saqlash
Madaniyat va taʻlim
Turizm
uz.wikipedia.org