TUZOQ
TUZOQ — qush yoki boshqa ovlanadigan hayvonlarni tutish uchun qo’llanadigan moslama. Tuzoq yerga, daraxtlar va butalar ustiga, o’tlar orasiga, ariqlarga, qushlar yuradigan yo’lkalarga qo’yiladi. Parrandalar tutishda Tuzoqlar ot yoli yoki dumi qilidan, ingichka ipak, mis va kapron iplardan tayyorlanadi. Ular oddiy loy qotishmalari yoki boshqa og’ir narsalarga, qoziqlarga, o’simliklar poyalariga mahkamlab qo’yiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz