Tuzluq




Tuzdon yoki tuzluq osh tuzi yoki ziravorlar saqlanadigan idishdir. Xuddi shunday murch saqlanadigan idish esa murchdon deb ataladi. Tuzdon va murchdonlar plastik, shisha, metall yoki keramikadan tayyorlanadi. Tuzdonlar 1920-yillarda AQSh kompaniyasi Morton Salt tomonidan tuz qapishishi oldini oluvchi antizichlovchi moddalar chiqarilishidan keyin keng tarqalib ketdi. 1930-yillardagi moliyaviy tushkunlik tufayli keramika sanoati arzon xoʻjalik buyumlari ishlab chiqarishga oʻtib, tuzdon va murchdonlar ishlab chiqarilishi keskin oshdi.

Tuzdonlar funksiyasi tuz va ziravorlarni qopqoqdagi teshiklar orqali dozalab berish va ularni saqlash bilan cheklansa-da, boshqa oshxona anjomlari kabi ularga turli qiyofa berish urf boʻlgan. Natijada tuzdon va murchdonlar kolleksiyalash hobbiga aylangan. Tuzdon va murchdonlar shakli va dizayni hatto irqiy va boshqa madaniy qiymatlar haqida perspektiva berishi mumkin.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz