TUYOQ



TUYOQ — ba’zi sut emizuvchilar (asosan, tuyoqlilar) barmog’i uchidagi muguz tuzilma. Tuyoq quruqlikda harakatlanishga moslana borish jarayonida tirnoqning o’zgarishidan kelib chiqqan. Yumshoq yerda yashaydigan hayvonlar tuyog’i keng va yassi (masalan, shimol bug’usi), tog’larda hayot kechiradigan hayvonlar tuyog’i esa ingichka hamda mustahkam (masalan, echki). Fillar tuyog’i barmoqning faqat oldingi qismini o’rab turadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz