Tuynuk




Tuynuk — bino devori, shiftiga maxsus ishlangan teshik: toʻrtburchak, doyra shaklida boʻladi. T. xona ichiga yorugʻlik tushishini, havo almashinib turishini taʼminlaydi. Ayrim kulba, oʻtovlarda hamda mahalliy oshxona, tandirxonalarda shiftga, devorning yukrri qismiga ishlangan T.lar tutun chiqishiga xizmat qiladi. Masjid, madrasa, tim, toqi kabi binolarda T. panjara bilan bezatilgan. Harbiy istehkom va qalʼa devorlarida T. dan oʻq otish, dushmanni kuzatish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz