TUYG’U ORGANLARI, tuyish organlari — teri, tayanchharakat apparati (muskullar, pay va boshqalar), ba’zi shilliq qavatlar (lab, til va boshqalar) dagi masxus retseptorlar. Tuyg’u organlari yordamida organizm tashqi muxit turli omillarining kompleks ta’siri (mexanik ta’sirot, temperatura, og’riq)ni qabul qiladi. Tuyg’u organlari terida notekis tarqalgan; sezish xususiyati yuqori bo’lgan sohalar (odam qo’lining barmoqlari, lab, jinsiy a’zolar va boshqalar) da ular ko’p. Erkin nerv oxirlari Tuyg’u organlarining eng ko’p tarqalgan turidir. Tuyg’u organlarining turli-tumanligi, ular sathi va muvaqqat qo’zg’alishining o’ziga xosligi organizmning xilma-xil ta’sirotlarni seza olishiga imkon beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish