TUYATISH
TUYATISH — xo’raki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha kertikli, yuzasi silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (bo’yi 20-25 santimetr), o’rtacha vazni 800-1000 gramm, tsilindrsimon, g’ujumlari zich joylashgan. G’ujumi yirik, dumaloq, sarg’ishyashil. Sentabrda yetiladi. Tarkibida o’rtacha 23,4% qand, 3,2% kislota bor. Gektaridan 120— 160 tsentner hosil olinadi. Uzumidan mayiz solinadi. Mayizi Mirik, sershira. O’zbekistonning barcha mintaqalarida o’stiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz