Tuyamuyinit




Tyuyamunit , tuyamuyinit (Fargʻona vodiysi Tuyamuyin koni nomidan) — uranli slyudalar guruhiga mansub mineral. Uran manbai. Kimyoviy tarkibi Ca[(UO2)2V2Og]58,5H2O. Romb singoniyada kristallanadi. Mayda tangachalardan iborat tuproqsimon massa holida boʻladi. Togʻ jinslari boʻshlikdarida qobiq va gardlar shaklida ham uchraydi. Sariq, baʼzan yashil, qigʻish rangda tovlanadi. Moʻrt. Qattikligi 2, zichligi 4,3 g/sm3. Kuchli radioaktiv. Uran minerallari mavjud boʻlgan konlarning oksidlanish zonasida hosil boʻladi. Karnotit, vanadat, barit, gips va boshqalar bilan assotsiatsiyada uchraydi.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz