Tuyalar poygasi
Tuya poygasi G‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika, Sharqiy Afrika, Pokiston, Mo‘g‘uliston va Avstraliyada mashhur sport turi hisoblanadi. Professional tuya poygasi ot poygasi kabi pul tikish va sayyohlarni jalb qilish uchun tashkil etiladi. Tuyalar qisqa sprintlarda 65 km/soat (18 m/s; 40 mil/soat) tezlikda yugura oladi va ular bir soat davomida 40 km/soat (11 m/s; 25 mil/soat) tezlikni saqlab turishi mumkin. Tuyalar ko‘pincha chavandozlar tomonidan nazorat qilinadi. Inson huquqlari poymol qilingani haqidagi daʼvolar Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarda tuya poygalari paytida voyaga yetmaganlar mehnatini foydalanish taʼqiqlanishiga olib keldi. Zamonaviy tuyalar poygasida tuyalar koʻpincha masofadan boshqariladigan robot qamchi bilan boshqariladi.
Asosiy tuya poygasi — bu Elis Springsda oʻtkaziladigan Tuya kubogi boʻlib, u Avstraliyadagi ikkinchi eng katta sovrinli tuya poygasidir. U har yili oʻtkaziladi va tuya poygalari bilan birgalikda bozor rastalari va boshqa oʻyin-kulgilarni ham oʻz ichiga oladi.
Avstraliyada eng katta pul mukofotiga ega tuyalar poygasi Kvinslendda boʻlib oʻtadi va unga 500 000 Avstraliya dollari miqdorida pul mukofoti qoʻyiladi.
Tarix
Tuya poygasi koʻp asrlik poyga musobaqasi boʻlib, oʻrta asrlardan beri anʼanaviy Yaqin Sharq sporti sifatida qoʻllanilgan. Milodiy VII asrda Arabiston yarim orolida jamoat yigʻinlari va festivallarida oʻtkazilgan.
Chavandoz bolalar
Bolalar yengil vazni tufayli chavandoz sifatida poygalarda ishtirok etishadi. Maʼlumotlarga qaraganda, Fors koʻrfazidagi arab davlatlarida tuya poygasi sanoatida chavandoz sifatida foydalanish uchun Afg'oniston, Bangladesh, Eron, Pokiston va Sudan kabi mamlakatlardan minglab bolalar (baʼzilari 2 yoshda ekani aytiladi) odam savdosiga uchrashadi. 2005-yilgi maʼlumotlarga koʻra Fors koʻrfazi mintaqasida 5000 dan 40 000 ga yaqin chavandoz bolalar borligi taxmin qilindi.
Chavandozlarni reabilitatsiya qilish va tiklash boʻyicha taniqli faol pokistonlik huquqshunos Ansar Burnidir. U oʻz ishining bir qismini bolalar chavandozlaridan foydalanishni bartaraf etishga qaratgan.
Taʼqiq
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi bo‘lib 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tuya poygalarida chavandoz sifatida ishlatishni taʼqiqlagan edi. Ushbu qarorni Shayx Hamdan bin Zoid Al Nahayon 2002-yil 29-iyulda qabil qilgan. 2009-yilda BAA 879 nafar sobiq chavandozga tovon puli toʻlagan. Birlashgan Arab Amirliklari bolalarni chavandoz sifatida ishlatganlar uchun jazo qoʻllashini aytgan boʻlsa-da, 2010-yilda Anti-Slavery International koʻngillilari taʼqiqning buzilishiga oid bir qancha suratlarni taqdim etishgan.
Qatarda sobiq amir Hamad Al Tani 2005-yilda bolalarning ushbu faoliyatini taʼqiqlagan va 2007-yilga kelib barcha tuya poygalari robot-qamchilar tomonidan boshqarilishini buyurgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org