Tuyabo‘g‘iztepa




Tuyaboʻgʻiztepa  — ilk oʻrta asrlarga mansub daxmali tepaliklar (mil. 5— 8-asrlar). Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent dengizi)ning shimoli-gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida, Oʻrtaboz degan joyda joylashgan. 1959—61y.larda (T. Aʼzamxoʻjayev) oʻrganilgan. Daxmalar tepalik koʻrinishida, boʻyi 2 m, diametri 15- 20 m boʻlgan. Baʼzi daxmalar katakombali inshootlar boʻlib, 2,6x2 m li xonalarga ajratilgan. Mehnat qurollari, sopol idishlar, temir pichoq, tanga, marjon, chigʻanoqlar chiqqan. Baʼzi daxmalardan nauslar ochilgan. Ulardan tartibsiz suratda qoʻyilgan, silindr shaklidagi ossuariy va skeletlar topilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz