Tuyaboʻgʻiz
Tuyaboʻgʻiz — Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi shaharcha. 1957-yil tashkil etilgan. Tuyaboʻgʻiz suv ombori ("Toshkent dengizi")ning shim.gʻarbiy sohilida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi (Toshkent—Angren temir yoʻl) — Kuchlik (4 km). Aholisi 5431 kishi (2004). Shaharchada temirbeton va asfaltbeton zavodlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 2 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, poliklinika, kasalxona, tibbiy punkt va boshqa tibbiy muassasalar bor.
uz.wikipedia.org