TUYABO’G’IZ
TUYABO’G’IZ — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi shaharcha. 1957 yil tashkil etilgan. Tuyabo’g’iz suv ombori (“Toshkent dengizi”)ning shimoliy g’arbiy sohilida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi (Toshkent—Angren temir yo’l) — Kuchlik (4 kilometr). Aholisi 5431 kishi (2004). Shaharchada temirbeton va asfaltbeton zavodlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 2 umumiy ta’lim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, poliklinika, kasalxona, tibbiy punkt va boshqa tibbiy muassasalar bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz