Tuya




Tuya (Camelus) — tuyasimonlar oilasi, qadoq oyoqlilar turkumiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvon. 2 mustaqil turi bor: bir oʻrkachli (C. dromedarius — dromedar — tez chopuvchi) loʻk T.lar, boʻyi 210 sm gacha, qizgʻishkulrang, ikki oʻrkachli (C. bactrianus — baqtrian — ayri) tuyalar, pastroq, toʻq qoʻngʻir tusda. T.lar evolyutsiyasi jarayonida quruq choʻl va dashtlarda yashashga moslashgan (togʻli joylar va nam iklimli yerlarda yashay olmaydi). Ular choʻl va dashtlarda dagʻal oʻt va xashaklar, yantoq, saksovul bilan oziklanadi, suvni kam ichadi (shoʻr suvni ham ichaveradi). Yuqori jagʻida 2 ta kurak tishi borligi bilan boshqa kavsh qaytaruvchilardan ajralib turadi. Yotganda gavdasining yerga tegib turadigan qismlarida, koʻkragi, tirsagi va tizzasida kddokli tuzilmalar bor. Shu tufayli issiq (70°gacha qizigan) yerda ham yota oladi. Bu ikki tur T.lar oʻzaro chatishtirilganda urchishga krbiliyatli duragaylar beradi. Birinchi boʻgʻin duragaylari (oʻzbeklar, qozoqlar ularni nor T., urgʻochilarini nor moya, turkmanlar inerlar, deb ataydilar) yirik gavdali, kuchli va ishchan boʻladi. Ammo ular nayel berish jihatidan oʻzlarining sof zotli otaonalaridan past turadi (shu bois nor T. larni bichib qoʻyish tavsiya etiladi).

T. miloddan 2000-yil mukaddam xonakilashtirilgan. T.lar 35—40-yil yashaydi, ulardan 20—25 yil foydalaniladi. Katta yoshdagi T. vazni 500–800 kg, 2—3 yoshida jinsiy yetiladi, urgʻochilari 3—4 yoshida krchiriladi, erkaklari 4—5 yoshga toʻlgach, qochirishga qoʻyiladi. Qochirish mavsumi — yanvarmay oylari. Boʻgʻozlik davri dromedalarda 13 oy (388—389 kun), baktrianlarda 14 oy (414—415 kun). Urgʻochi T. (moya) 2 yilda 1 marta boʻtalaydi.

T.larning egiz tugʻish holati kuzatilmagan. Boʻtaloqlar 18 oyligida onasidan (sutdan) ajratiladi. 2000 kg gacha (yogʻliligi 5,4%) sut beradi. 20— 25 yoshli va qari T.lar semirtirilib soʻyiladi, goʻshti isteʼmol qilinadi, konserva va dudlangan kolbasalar tayyorlanadi. Yosh, semiz T.lar goʻshti toʻyimliligi jihatidan koramol goʻshtidan qolishmaydi. Ikki oʻrkachli T.lardan 5 – 10 kg, bir oʻrkachlilaridan 2–4 kg jun qirqib olinadi, junidan movut, trikotaj, gilam, har xil kiyimbosh, paypoq, roʻmol, adyol kabi buyumlar, sutidan shifobaxsh kimron tayyorlanadi.

T.lar oʻz vaznining yarmiga teng — 250–300 kg yukni koʻtara oladi, vazniga nisbatan 10—12% ogʻirlikdagi yukni tortish kuchiga ega. Soatiga 10– 12 km tezlikda, kuniga 35–40 km masofani bosib oʻtadi. T.lar qadimdan yukchi xayvon boʻlgan. Kadimda va oʻrta asrlarda Buyuk ipak yoʻlipya gʻam asosiy yuk tashish vositasi T.lar edi.

Tuya koʻchmanchi xalqlar hayotida qadimdan muhim rol oʻynagan. Ayniqsa, oq tuyalar koʻproq qadrlangan. Boybadavlat va yuqori martabali kishilarning oʻtovlari oq tuya junidan bostirilgan kigizdan tiklanganligi bilan qora oʻtovlardan ajralib turgan. Oʻzbekiston hududlarida, ayniqsa, Koraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida tuyachilikka hozir xam eʼtibor kam emas. Oʻzbekiston tuyachilik xoʻjaliklarida, shuningdek, xususiy xoʻjaliklar, shirkatlar va fermalarda 25 mingdan ortiq tuyalar boqiladi (2004).

Abdusattor Amirov.

Yana q.




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz