Tuxumxur ilonlar




Tuxumxur ilonlar (Dasypeltidae) — suvilonsimonlar kenja oilasi. Gavdasi 80 sm cha. Oldingi umurtqalarining pastki oʻsimtasi ponasimon yiriklashib, qiziloʻngach boʻshligʻiga botib kirgan. Tuxumxur ilonlar qush tuxumini butunligicha yutadi. Tuxum qiziloʻngachga tushgach, ilon keskin toʻlgʻanib harakatlanishi tufayli tuxum umurtqa oʻsimtalariga tegib sinadi va uning ichidagi moddalar oshqozonga oʻtadi; poʻchogʻi esa ogʻiz orqali tashqariga chiqariladi. Bittadan turi boʻlgan 2 urugʻi bor. Afrika tuxumxoʻr iloni tropik va Janubiy Afrikada, hind tuxumxoʻr iloni Hindiston yarim orolning shim.sharqiy kismida tarqalgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz