Tuxumsimon semizak
Tuxumsimon semizak yoki
oval Semizak (lotincha: Crassula ovata) — Janubiy Afrikadan kelib chiqqan yarim oʻt oʻsimlik, Semizak turkumining bir turi boʻlib, Semizakdoshlar oilasiga mansub. Mashhur xonaki va bogʻ oʻsimligi.
Nomi
Turlarning sinonimlari quyidagi nomlarni oʻz ichiga oladi:
Bogʻdorchilikda daraxtsimon Semizak (Crassula arborescens) deb ataluvchi oʻsimliklar, aslida, bu turga tegishli emas, balki tuxumsimon semizakka tegishli (Crassula ovata).
Oʻsimlik boshqa koʻplab nomlar bilan ham tanilgan, ularning aksariyati umumiy ingliz nomlarining tarjimalari: pul daraxti (inglizcha: money tree), doʻstlik daraxti (friendship tree), jadeit daraxti, jadeit oʻsimligi (jade plant), omad daraxti (lucky plant).
Biologik tavsifi
Tuxumsimon Semizak — balandligi 180 sm gacha boʻlgan sukkulent buta oʻsimlik; poyalari yogʻochsimon va osti jigarrang tusda. Barglari koʻp, ponasimon, yaltiroq, baʼzan qizgʻish qirrali. Gullari kichik, mitti yulduzlarga oʻxshash, oq yoki och pushti gulkosali; gullash vaqti — kuz va qish oylari.
Tuxumsimon semizak tashqi koʻrinishidan Portulacaria oilasidan boʻlgan Afrika portulakariyasiga (Portulacaria afra) oʻxshaydi; Semizakdan farqli oʻlaroq, barglari kichikroq va juft boʻlib joylashmagan.
Yetishtirish
Oval Semizak — mashhur xonaki va bogʻ oʻsimligidir, jumladan, balkonlar va verandalarda yetishtiriladi. Sovuqqa chidamli zonalar — 9 dan 11 gacha, 0 ga qadar qisqa muddatli yengil sovuqqa bardosh bera oladi.
Turlari
Semizak Oblikva deb ataladigan tikanli barglari boʻlgan shaklga ega, bu tabiiy nav qalinroq tana va shoxlarga ega. Baʼzi naslli navlariga — Crassula ovata "Hobbit" kiradi, bu navning oʻsimliklari o tabyirik arglari bilan; Crassula ovata Crosby’s Compactʼ kichik barglari bilan ajralib turadi.
Agrotexnikada
Suvning ortiqcha boʻlishini oldini olish uchun oʻsimlikni juda yorugʻ joyda yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Gullashga erishish uchun oʻsimlik yetarli darajada toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurini olishi kerak. Oʻsimlik oddiy, ammo yomon sharoitlarda u kambezak boʻlib qoladi; yorugʻlik yetishmasligidan yuqori qismi tortishib qolib, zaiflashadi va toʻkiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org