Tuxumli bo'tqa




Tuxumli boʻtqa , yoki, bryui , tovuq tuxumidan tayyorlangan rus oshxonasining parhez taomi hisoblanadi. Boshqa tuxumli taomlar singari, nonushta uchun juda mos hamda bolalar ovqat ratsionidan ham oʻrin egallagan. Nozik tuxumli boʻtqa smetana konsistensiyasiga ega, sariyogʻ qoʻshilib issiq harorat ostida tayyorlangan tuxum-sut aralashmasi boʻlib, omlet yoki tuxumli quymoqqa oʻxshash jihatlari mavjud. Tuxumli boʻtqa odatda tovada emas, balki kichik kastryulchada yoki suv hammomida 80° C haroratda va doimiy aralashtirib pishiriladi, bundan tashqari multivarkadan foydalansa ham boʻladi.

Tuxumli boʻtqa odatda bugʻdoyli qovurilgan non va maydalangan pishloq qoʻshilgan kichik metall yoki chinni kosalarda, shuningdek sutli sousdagi sabzavotlar (qushqoʻnmas, loviya, qovoq, yashil noʻxat, gulkaram yoki Bryussel karami), smetana yoki maydalangan oq qoʻziqorinlari bilan, yoki sariyogʻda pomidorlar bilan qovurilgan mayda tugʻralgan kolbasa yoki vetchina bilan, shirin taʼm berganda — murabbo bilan tortiladi  SSSRda umumiy ovqatlanish korxonalarida tuxumli boʻtqani oziq- ovqat isitgichlarida saqlashgan.

Manbalar




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz