Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi




Tuxumdonlarning giperstimulyatsiya sindromi – bu tuxum hujayra oʻsishini stimullovchi dori-darmonlar qabul qiladigan baʼzi ayollarda va juda kam hollarda boshqa ayollarda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan tibbiy holat. Aksariyat hollarda yengil, ammo kamdan-kam hollarda ogʻir jarayon boʻlib, jiddiy kasallik yoki oʻlimga olib kelishi mumkin.

Belgilari



Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromida simptomlar 3 toifaga boʻlinadi: yengil, oʻrtacha va ogʻir.

Yengil simptomlar




Oʻrtacha simptomlar




Ogʻir simptomlar




Etiologiyasi



Spontan vujudga keluvchi tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi juda kam uchraydi va genetik kelib chiqishga ega boʻlishi mumkin. Klomifen sitrat bilan davolash vaqti-vaqti bilan ushbu sindromga olib kelishi mumkin, ammo aksariyat hollarda keltirib chiqaruvchi sabab gonadotropin terapiyasi (FSG qoʻllash bilan), masalan, pergonal va xorionik gonadotropin qoʻllanganidan keyin ootsitlarning yakuniy kamoloti va/yoki oosit chiqarilishi qoʻzgʻatilgandan keyin koʻp hollarda in vitro urugʻlantirish bilan birgalikda boʻlganda rivojlanadi. Uchrash chastotasi oʻzgarib turadi va ayoldagi xavf omillari, davo choralari va kuzatuv usullariga bogʻliq. Davolangan ayollarning taxminan 5% oʻrtacha va ogʻir tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromiga duch kelishi mumkin. Xavf omillariga polisistik tuxumdon sindromi, ayolning yoshi, tana vazni indeksining pastligi, antral follikullar sonining yuqoriligi, stimulyatsiya ostida koʻplab tuxumdon follikullarining rivojlanishi, qon zardobidagi estradiol kontsentratsiyasining haddan tashqari koʻtarilishi, ootsitlarning yakuniy yetilishi va/yoki chiqarilishi uchun odam xorionik gonadotropinidan foydalanish, luteal qoʻllab-quvvatlash uchun odam xorionik gonadotropinini davomli qoʻllash va homiladorlikning paydo boʻlishi (bunda xorionik gonadotropin ishlab chiqariladi) kiradi
. Oʻlim darajasi past, ammo bir nechta oʻlim holatlari qayd etilgan.

Davolash



Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromini davolash giperstimulyatsiyaning ogʻirlik darajasiga bogʻliq. Yengil hollarda konservativ usulda davo olib boriladi.Oʻrta darajada yotoq rejimi, suyuqliklar va elektrolitlar va qon miqdori kabi laboratoriya tahlillarini diqqat bilan kuzatish bilan davolanadi. Tuxumdon follikullari hajmini kuzatish uchun ultratovush tekshiruvidan foydalanish mumkin. Vaziyatga qarab, shifokor ambulatoriya sharoitida ayollarning suyuqlik isteʼmoli va uning chiqarilishini diqqat bilan kuzatib borishi mumkin, bunda u suyuqlik balansida ortgan nomuvofiqlikni izlaydi (1 litrdan ortiq nomuvofiqlik bu sindrom haqida oʻylashga sabab boʻladi). Sindromning yoʻqolishi follikulyar kistalarning hajmini 2 marta ketma-ket ultratovush tekshiruvida kamayishi bilan belgilanadi .

Manbalar




Yana qarang




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz