Tuxumdon apopleksiyasi




Tuxumdon apopleksiyasi  – tuxumdonning toʻsatdan yorilishi, odatda tuxumdon kistasi oʻrnida, tuxumdon toʻqimalaridan qon ketishi yoki intraperitoneal qon ketish bilan birga keladi.

Belgilari



Apopleksiyaning klinik belgilari ushbu kasallikning asosiy mexanizmi bilan bogʻliq:

past qon bosimi
yurak urishi tezligining oshishi
holsizlik va bosh aylanishi[2]
hushidan ketish
titroq
isitma 38 °C gacha koʻtariladi
qusish
ogʻiz qurishi
Baʼzida hayz siklidan keyin intermenstrual qon ketish yoki dogʻlar boʻlishi mumkin. Koʻpincha tuxumdon apopleksiyasi jinsiy aloqadan yoki sport zalida mashgʻulotdan keyin, qorin boʻshligʻidagi bosim ortganida yoki tuxumdon toʻqimalari da stressni boʻlganida sodir boʻladi. Biroq, tuxumdon toʻqimalarining yorilishi boshqa kasalliklar bilan birga sodir boʻlishi ham mumkin.

Patogenezi



Jinsiy jihatdan yetuk ayolning normal tuxumdon siklida (menstrual sikl bilan birga keladi) tuxumdonlarda bir yoki bir nechta follikullar oʻsadi. Follikuldagi ootsit potensial urugʻlanishga tayyorgarlik koʻrish uchun rivojlanib boradi. Sikl davom etar ekan, dominant follikulalarning kamroq soni (odatda faqat bittasi) ajralib chiqa boshlaydi va siklning oʻrta nuqtasida maksimal oʻlchami taxminan 20 mm ga yetadi. Bu bosqichga kelib, ootsit yetilgan tuxum hujayrasiga (tuxumga) aylanishni tugatadi va ovulyatsiya sodir boʻladi – follikula yorilib, tuxum hujayrasini chiqaradi. Yorilgan follikula vaqtinchalik kistani – sariq tanani hosil qiladi. Sariqlik tanasi bu siklni davom ettirish va bachadon shilliq qavatini urugʻlanishga tayyorlash uchun gormonlar ishlab chiqaradi. 

Tuxumdonlar toʻqimalarida distrofik va sklerotik oʻzgarishlar, bachadondagi oʻtkir va surunkali yalligʻlanish jarayonlari, polikistik tuxumdon sindromi va boshqa baʼzi kasalliklarda, shuningdek, ovulyatsiyani stimullaydigan dorilarni qabul qilish natijasida ovulyatsiya jarayoni va sariq tananing shakllanishida maʼlum tartibsizliklar yuzaga keladi. Natijada tuxumdondagi qon tomirlari qisqaradi, kengayadi va tuxumdon ichidagi qon ketishini oshiradi. Keyin qon tomirlarining moʻrtligi tufayli sariq tanada qon ketishi mumkin va bu gematomaga olib keladi. Bu holat ogʻriq, zaiflik, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish, teri rangining oqarib ketishi, baʼzan hushidan ketish bilan birga kelishi mumkin. Agar davolanmasa, ichki qon ketish kuchayib, inson salomatligi va hayotiga xavf solishi mumkin. Tuxumdon apopleksiyasining boshqa sabablariga qorin boʻshligʻining shikastlanishi, haddan tashqari jismoniy stress, kuchli jinsiy aloqa, ot minish kabilar kiradi.

Diagnostikasi



Kasalliknning odatdagi shikoyatlar hayz davrining oʻrtalarida yoki ikkinchi yarmida paydo boʻladi. Tekshiruvda shikastlangan tuxumdonning kuchli ogʻrigʻi va qorin pardaning taʼsirlanish simptomi ijobiy boʻladi. Umumiy qon tahlilida gemoglobin darajasining sezilarli darajada pasayganligini (tuxumdon apopleksiyasining anemik va aralash shakllarida) koʻrish mumkin. Chanoq boʻshligʻi aʼzolarining ultratovush tekshiruvida shikastlangan tuxumdonda ichida qon ketishi belgilari boʻlgan katta sariq tananing kistasi va/yoki qorin boʻshligʻida erkin suyuqlik (qon) aniqlanadi. Tuxumdon apopleksiyasi oʻtkir jarrohlik talab qiluvchi patologiya boʻlganligi sababli, tashxisni tezda tasdiqlash kerak, chunki hodisa va jarrohlik aralashuvi oʻrtasidagi kechikishlar qon yoʻqotish hajmini oshiradi va hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Tasniflash




Biroq, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bu tasnif yetarli emas, chunki tuxumdon apopleksiyasi qon ketishsiz boʻlishi mumkin emas.

Shuning uchun yangi patologiya ishlab chiqilgan boʻlib, unda vaziyat ogʻirlik darajasi (qon yoʻqotish hajmiga qarab)ga koʻra: yengil, oʻrtacha va ogʻir turlarga boʻlinadi.

Davolash



Davolash tuxumdon apopleksiyasining turiga va qorin boʻshligʻiga qon ketishining ogʻirligiga bogʻliq, ammo bu holat kasalxonada davolanishi kerak. Qorin boʻshligʻida qon ketish belgilari boʻlmagan ogʻriqlar boʻlsa, konservativ terapiya boshlanishi mumkin. Bu yotoq rejimi, spazmolitikarni va fizioterapiyani oʻz ichiga oladi. Agar qorin boʻshligʻiga ichki qon ketishi boʻlsa yoki shunga shubha qilingan boʻlsa, laparoskopiya yoki laparotomiya orqali jarrohlik yordami koʻrsatiladi. Boshqa muolajalar qon ketishini toʻxtatish yoki tuxumdonning zararlangan qismini rezeksiya qilishni oʻz ichiga oladi. Biroq, tuxumdonning katta qismi shikastlangan hollarda, uni toʻliq olib tashlash kerak boʻlishi mumkin. Kasalxonadan chiqarilgandan soʻng, keyinchalik takrorlanishning oldini olish uchun choralar koʻrish muhimdir. Bu chora-tadbirlar tuxumdonlar faoliyatini nazorat qilish uchun xavf omillaridan qochish yoki ogʻiz kontratseptivlari rejimini boshlashni oʻz ichiga oladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz