Tuxumdon apopleksiya




Tuxumdon Apopleksiya si ( apoplexiya ovarii)-bu ovulatsiya follikula yorilishi natijasida tuxumdon parenximasiga qon quyilishi va
uning to‘qima butunligining buzilishi hamda qorin bo‘shlig‘iga qon
oqishi bilan boshlanadi. Bu holat 16–30 yoshli ayollarda kuzatiladi.

Etiologiyasi



Tuxumdon apopleksiyasi ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish
kasalliklari natijasida yoki Follikulalar persestensiyasi kuchayishi oqibatida ovulatsiya davrida tuxumdon parenximasining yorilishi oqibatida kelib chiqadi. Unda tuxumdon qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi buzilib, tuxumdon kapsulasi yoriladi va qorin bo‘shlig‘iga
qon ketadi yoki parenxemasiga qon quyiladi. Bunday holatda qorinning pastgi qismida tegishli tuxumdon sohasida qattiq og‘riq kuzatilib, qorin bo‘shlig‘iga qon quyilmaydi.
Tuxumdon apopleksiyasi ayol jismoniy zo‘riqqanda, og‘ir yuk
ko‘targanda, shikastlanish natijasida ham kelib chiqishi mumkin.

Klinikasi



Kasallik to‘satdan qorinning pastki sohasida kuchli
og‘riq bilan boshlanib, butun epigastral sohaga, to‘g‘ri ichakka
irradiatsiya beradi. Og‘riq bosh aylanishi, hushdan ketish, sovuq
ter bosishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan kuzatiladi.

Klinik
ko‘rinishiga qarab tuxumdon apopleksiyasini 3 turga bo‘lish
mumkin: og‘riqli; anemiya li;aralash.

Og‘riq to‘g‘ri ichakka ham
o‘tadi. Ba’zan og‘riq kuchli bo‘lishi sababli ayolda o‘tkir qontomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Kasallikning aralash turida
og‘riqli va anemik ko‘rinishlar birgalikda uchraydi. Qorin paypaslab
ko‘rilganda og‘riqli, shishgan va nafas aktida sust ishtirok etayotganligi aniqlanadi. Ginekologik tekshiruvda bachadon bo‘yni tekshirilganda og‘riqli, bachadonkattalashmagan, qattiq, bachadon ortiqlari va tuxumdon kattalashgani aniqlanadi.

Diagnoz



Klinik ko‘rinishi, anamnez i va obyektiv tekshiruvga
ko‘ra diagnoz qo‘yiladi. Diagnoz qo‘yishda UTT va qin orqa gumbazi orqali qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilish yordamida aniqlanadi.

Davosi



Kasallangan bemor ahvoli dastlab o‘rtacha bo‘lib, kam
qon ketsa, bemor konservativ davolanadi (yotoq rejimi, qorin sohasiga muzli xalta qo‘yish, qon o‘rnini bosuvchi dori vositalari qo‘llaniladi). Kasallikning o‘tkir davri o‘tib bo‘lgach, bemorga fizioterapiya, dori elektroforezi buyuriladi. Kuchli qon yo‘qotish yoki
og‘riq sindromida bemorlarni, albatta, operativ yo‘l bilan davolash
lozim, ya’ni tuxumdonlar ponasimon rezeksiya qilinib tikiladi,
ba’zan tuxumdon butunlay zararlangan bo‘lsa, olib tashlanadi.

Manbalar



Y.N.Allayorov_Akusherlik va ginekologiya

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz