Tuxum barak
Tuxum barak – Xorazmdagi eng mashxur va eng qadimiy ovqatlaridan biri hisoblanib faqat Xorazmda saqlanib qolgan. Tuxum barakning yaʼna bir nomi „Yumurta barak“.
Kerakli masalliqlar
Tuxum barak tayyorlash uchun uncha koʻp masalliq ketmaydi. Asosiy masalliqlar; tuxum, un, oʻsimlik yogʻi, tuz, sut, qatiq kerak boʻladi.
Tayyorlash jarayoni
Unga tuxum, suv va tuz aralashtirib hamir qoriladi va 30 daqiqa davomida tindiriladi. Tayyor hamirni 1-2 mm qalinlikda yoyilgandan soʻng diametri 7-8 sm qilib kesiladi. Kesilgan hamirni ikkiga buklagan holda ikki cheti tugiladi. Tayyor hamirga masalliq solinadi va 4-5 daqiqa davomida suvda qaynatiladi. Masalliq; tuxumning oqi va sarigʻi yaxshilab aralashtirilib, tabga koʻra tuz qoʻshiladi. Undan keyin sariyogʻ yoki margarin qoʻshib yashilab aralashtiriladi. Masalliq hamirning ichiga solinib suvda qaynatiladi. Tayyor Tuxum barakni suvga yoki ayronga solinib yeyiladi. Bitta tuxum barakning toʻyimliligi 435 kaloriyaga tengdir.
Shifobaxshligi
Tuxum barak parxezbob ovqatlar sirasiga kiradi va hamma tomonidan sevib istemol qilinadi. Kamquvvat, darmonsiz, kamqon kishilar yesa maqsadga muvofiq.
Manbalar
uz.wikipedia.org