Tuvak bogʻdorchiligi
Tuvakli bogʻdorchilik yoki
gultuvak bogʻdorchilik/dehqonchiligi, bu — oʻsimliklarni, shu jumladan, dalada yetishtirish mumkin boʻlgan oʻsimliklarni ham faqat tuvaklarda yetishtirish amaliyotidir. Bogʻdorchilik tuvagi — tirik gullar yoki oʻsimliklarni parvarishlash uchun ishlatiladigan kichik, yopiq va odatda koʻchma oy’ekt. U biror idish, vanna, savat, bochka yoki osma savat shaklida boʻlishi mumkin.
Usullari
Anʼanaviy ravishda terakotadan yasalgan, lekin hozirda koʻproq plastik idishlar va shishali idishlar eng koʻp uchraydi. Kichik tuvaklar jamlanmasi gulzor deyiladi. Baʼzi hollarda bunday yetishtirish bezak maqsadida qoʻllaniladi. Bu usul tuproq yoki iqlim sharoitiga chidamliligi o‘rganilayotgan oʻsimlik uchun yoxud yerga ekish noqulay boʻlgan joylarda ham foydalidir. Tuvakdan foydalanish, odatda, xonaki o‘simliklar uchun ham zarur. Cheklangan oʻsish joy yoki asfaltlangan maydonda ham bu variantni bogʻga jozibadorlik bag‘ishlashi mumkin. Bundan tashqari, bu usul bogʻbonlar anʼanaviy bogʻ uchun er mavjud bo‘lmagan ko‘p qavatli uylarning balkonlarida shahar bogʻdorchiligi uchun qulay va ommabop. .
Turlar
Idish uchun oʻsimliklarning koʻp turlari mos keladi, jumladan, dekorativ gullar, oʻtlar, kaktuslar, sabzavotlar, kichik daraxtlar va butalar. Chili qalampiri, arugula kabi butalar va kichik hajmli dala oʻsimliklari, kattaroq sabzavotlarni, agar yetarli yorugʻlik va shamollatish imkoni boʻlsa, uy ichida yoxud ochiq terassalarda ekish mumkin.
Ekish
Tuvaklar oddiy plastik idishlardan tortib, choy stakanlariyu murakkab avtomatik sugʻoriladigan sugʻorish tizimlarigacha — barchasini o‘z ichiga oladi. Dizayndagi bu moslashuvchanlik, tuvak bogʻdorchiligi soha vakillari orasida mashhur boʻlishining yana bir sababidir. Ularni ayvonlarda, old zinapoyalarda va shahar tomlarida topish mumkin. Sub-sugʻoriladigan plantatorlar (SSP) tuvakli bogʻlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan tuvak turidir.
Qayta ekish
Qayta ekish, bu — avval idishga ekilgan oʻsimlikni kattaroq yoki kichikroq idishga joylashtirish harakati. Bunda oʻsimlikning ildiz tizimiga mos keladigan idish ishlatiladi. Sababi, oʻsimliklar odatda ildiz tizimining hajmiga qarab qayta tiklanadi. Koʻpgina oʻsimliklar bir necha yilda bir marta idishga solinishi kerak, chunki ular tuvak yoki ildiz bilan „bogʻlangan“ boʻladi. Oʻsimliklarning ildizlari uning atrofini, shu jumladan u joylashgan idishning hajmini sezishi mumkin hamda idish hajmini kattalashtirish oʻsimlik hajmini mutanosib ravishda o‘zgarishga imkon beradi.
Galereya
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org