Tuva Soyligi




TUVA (TIVA) SOYLIGI - Yeniseyning yuqori havzasida, Janubiy Sibir toglari orasidagi soylik. Tiva Respublikasida. Gʻarbiy Sayan, Oltoy, TannuOʻla togʻ tizmalari va Sharqiy — Tuva (Tiva) togʻlari bilan oʻralgan. Gʻarbiy — Xemchik va Sharqiy UlugʻXem soyligiga boʻlinadi. Uz. 400 km, eni 25–70 km. Yer yuzasi pastbaland tekislik, kam oʻyilgan. Bal. 600– 900 m. Toshshagalli kashtan tuproklarda boshoqlishuvoq dasht oʻsimliklari oʻsadi. Qisman haydalib, ekin ekiladi (bugʻdoy, arpa, tariq). Chorvachilik (asosan, goʻshtjun qoʻychiligi) rivojlangan. Tuva soyligida Choda, shuningdek, AkDovurak va boshqa shaharlar bor. Toshkoʻmir (UlugʻXem havzasi) qazib olinadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz