Tuva dili




Tuva tili yoki Tiva tili — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, Rossiya Federatsiyasining Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-yillarning oxiri). Tuva tili markaziy (adabiy tilga asos boʻlgan), gʻarbiy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy lahjalarga bulinadi. Tuva tilining fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozitsiyasi; qisqa, choʻziq va faringal (boʻgʻiz) unlilarining mavjudligi (at — ism, aat — otmok,, bosib chiqarmoq, aat — uy hayvoni; xaar — qor) va boshqa Morfologik xususiyatlari: joʻnalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzoʻmza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va boshqa Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qoʻllanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilagʻonman). Leksikasida moʻgʻul tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Adabiy Tuva tili 20-asrning 30— 50-yillarida shakllangan. Yozuvi 1930—41 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlgan, 1941-yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.

Tuva tili yoki Tiva tili (tiva tilida nomlanishi — Тыва дыл) — turkiy tillar qatoriga kiradi. Tuvalarning ona tili. Tuva tilida gaplashuvchilar soni 264 ming kishini tashkil qiladi. Rossiyaning tarkibidagi Tuva Respublikasining davlat tili. Leksikasida moʻgʻul tilining taʼsiri koʻp. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan.

Alfabit



Tuva alfabit 36-ta bukbadan tashkil topgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz