Tutash Muhitlar Mexanikasi




Tutash muhitlar mexanikasi — mexanikaning gazlar, suyuqliklar, plazma va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning harakati hamda muvozanatini oʻrganuvchi boʻlimi. Gidrodinamika, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, shuningdek, qator boshqa nazariyalarini oʻz ichiga oladi. Tutash muhitlar mexanikasi- moddaning diskret (atom, molekulyar) tuzilishini hisobga olmaydi, uni yaxlit, uzluksiz muhit deb qaraydi. Muhitning xarakati va muvozanati tenglamalari, uzluksuzlik tenglamasi, energiyaning saqlanish qonuni, shuningdek, kuchlanishlar, deformatsiyalar, deformatsiya tezliklari va boshqa orasidagi bog'liqlik munosabati Tutash muhitlar mexanikasim.ning asosini tashkil etadi. Muhit xarakteristikalari temperatura va boshqa fizikkimyoviy parametrlarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Aniq bir masala yechilayotganda yuqorida sanab oʻtilgan tenglamalardan tashqari muhitning xususiyatlariga bogʻliq boshlangʻich va chegaraviy shartlar ham berilishi shart. Tutash muhitlar mexanikasim. usullari fan va texnikada keng qoʻllanadi.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz