Turunj




Turunj (arab. — limon) — naqsh turi; hoshiya va asosiy maydondan tuziladigan naqsh mujassamoti markaziga ishlanadi. Shakli limonga oʻxshaganligi uchun shunday atalgan. Naqqoshlik taraqqiyoti davomida T. shakl jihatidan boyib va mukammallashib borgan: tuxumsimon, doyra, romb, 5— 10 va undan ortik, qirrali yulduz shakllari koʻp uchraydi. Markaziga T., chetiga ruta va boshqa hoshiya naqshlar ishlanadigan toʻrtburchakli mujassamot keng tarqalgan. T. axtasn qogʻozni 4, 8, 16 ga buklab, bir boʻlagiga naqsh chizib tayyorlanadi; soʻng naqsh bezatiladigan sirtga tushiriladi.

Amaliy bezak sanʼatining barcha sohalari (naqqoshlik, gilamchilik, ayniqsa, zardoʻzlik va boshqalar)da keng qoʻllanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz