Tursunzoda (shahar)




Tursunzoda (tojikcha: Турсунзода) (1978-yilgacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952-yildan). Tursunzoda tumanining maʼmuriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qoʻyilgan. Respublikaning janubida, Hisor vodiysining gʻarbiy qismida. Dushanbe shahridan 57 km gʻarbda joylashgan. Dushanbe — Termiz temir yoʻldagi (Regar) stansiya. Aholisi 50 ming kishi (2013).

Sanoati



Tursunzodada rangli metallurgiya (1980-yillarda alyuminiy zavodi qurilgan), chinni zavodi, oziq-ovqat, yengil sanoat (paxta tozalash zavodi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud.

Ijtimoiy soha



10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, internat maktabi, sport, musiqa maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 1981-yilda Mirzo Tursunzodaga haykal oʻrnatilgan. Shahar chetida Xoʻja Naqshron maqbarasi (10—11-asrlar) meʼmoriy yodgorligi saqlangan.

Manbalar




Havolalar






Tursunzoda Jamoatlari
Ravod Seshanbe
Paxtaobot
Qoratog
Jora Rahmon

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz