Tursunxo‘jayev Zikrulla Sa’dullayevich




Tursunxoʻjayev Zikrulla Saʼdullayevich (1912.20.7, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1969), qishloq xoʻjaligi. fanlari doktori (1973), professor (1974). S. Tursunxoʻjayevnmnt oʻgʻli. Oʻrta Osiyo paxtachilik institutini tugatgan (1934), Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (Soyuz NIXI)da aspirant (1934 — 37), ilmiy xodim (1937 — 41), Paxtaorol tajriba styasi direktori (1941 — 58), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi Dehqonchilik instituti direktori, Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi boʻlim mudiri (1958 — 60). Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1960 — 63), laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari (1963 — 78), 1978 — 92 yillarda ilmiy maslaxatchi. Ilmiy ishlari gʻoʻza agrotexnikasi masalalariga va sugʻorma dehqonchilikning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz