Tursunxo`jayev Sa'dullaxo`ja
Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev (1891 Toshkent 1938.4.10) - davlat va jamoat arbobi. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri. Rustuzem maktabida oʻqigan (1898 — 1901). "Taraqqiyparvar" tashkilotining aʼzosi syfatida jadidchilik harakatida faol qatnashgan (1908 — 17). Abdulla Avlonip, Munavvarqori, Nizomiddin Xoʻjayev va boshqa bilan hamkorlik qilgan. Turkiston oʻlkasi Oziq-ovqat xalq komissarligining Moskvadagi vakili (1917 — 18), Toshkent Eski shahar Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1918), Turkiston ASSR Sogʻliqni saqlash xalq komissari (1918 — 19), Milliy ishlar xalq komissari, Tashqi ishlar xalq komissari (1919). Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, ayni paytda Buxoro Kompartiyasi MK masʼul kotibi (1920 — 21). BXSRning Savdo va sanoat xalq noziri (1921), Turkiston ASSR Markaziy xalq xoʻjaligi Kengashi raisi oʻrinbosari (1921 — 22), Pomir oblasti inqilobiy qoʻmitasi raisi (1922 — 23). XXSR Ijtimoiy taʼminot, savdo va sanoat xalq noziri (1923-24), XXSR Nozirlar Shoʻrosi raisi oʻrinbosari, Davlat reja komissiyasi raisi, XXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1924). Xorazm viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi (1924 — 25). Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilgach, SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashining Oʻzbekiston SSR boʻyicha vakili (1925 — 26), Oʻrta Osiyo suv xoʻjaligi qurilishi tashkiloti boshligʻi (1927), SSSR^ Yer ishlari xalq komissarligining Oʻrta Osiyo boʻyicha vakili (1928 — 34), Qozogʻiston SSR Suv xoʻjaligi Bosh boshqarmasining boshligʻi (1935 — 37). T. "Milliy ittihod" Markaziy qoʻmitasi aʼzosi (1920 — 21) syfatida BXSRda katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan.
Podsho Rossiyasi va sovet rejimiga qarshi siyosiy faoliyati uchun T. bir necha marta qamoqqa olingan (1911-yil Qoʻqon; 1922-yil; 1937.27.4, Olmaota). Toshkentda boʻlgan SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasining majlisida otishga hukm qilingan va oʻsha kuni otib tashlangan. 1957-yil 1 avgustda oklangan.
Adabiyotlar
Azizzoda L, Yangi xayet kurashchilari, T., 1977; Validiy, Boʻlinganni boʻri yer [Xotiralar], T., 1977; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.
uz.wikipedia.org