Tursunoy Sodiqova




Tursunoy Sodiqova [tahrir | manbasini tahrirlash]



Tursunoy Sodiqova ― shoira, adiba, pedagog-olima, adabiyotshunos, jamoatchi-tashkilotchi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Hayoti



Sodiqova Tursunoy 1944-yil 24-mart kuni Andijon shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. U ikki yoshligida oilasi Toshkent shahrida yashay boshladi. 1961-yilda hozirgi Shayxontohur tumanidagi 82-oʻrta maktabning 10-sinfini tugatdi. 1966-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini imtiyozli tamomladi.

Faoliyati



Mehnat faoliyatini maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillar instituti, Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi, Oʻzbekiston „Maʼrifatparvar ayollar“ nodavlat uyushmasida davom ettirdi.

Asarlari



Tursunoy Sodiqova oʻz ijodini 60-yillarda boshlagan. Ilk toʻplami „Kuy“ 1976-yilda nashr etilgan. Shundan keyin „Gul fasli“(1981), „Iqbol“(1984), „Dil gavhari“(1985), „Izlay-izlay topganim“(1988), „Girya“(1994) kabi sheʼriy toʻplamlarini oʻquvchilarga taqdim etdi.
Uning axloq-odob masalalari, oila muomalalariga bagʻishlangan ilmiy, badiiy-falsafiy asarlari: „Mehr qolur“ (1997), „Hazrati ayol“ (1998), „Yoningdagi baxt“ (1999), „Bolam derman“ (2000), „Oʻgʻlim senga aytaman va qizlarga atalgan soʻzlar“ (2002), „Kelin boʻlish ilmi“ (2003), „Kuyov boʻlish ilmi“ (2003), „Qaynonalik ilmi“ (2003), „Ogʻa-inilik ilmi“ (2003), „Rizolik izlab“ (2004), „Yashash tilsimi“ (2004), „Murabbiy kim?“ (2006), „Nozik savol“ (2007), „Jannatim onam“ (2007) kitoblari nashr etildi.

Vafoti



Tursunoy Sodiqova 2017-yil 14-yanvar kuni 72 yoshida vafot etdi. https://daryo.uz/2017/01/14/shoira-va-adiba-tursunoy-sodiqova-72-yoshida-vafot-etdi/

Manba




Havolalar



https://arboblar.uz/uz/people/sadykova-tursunoj
https://www.facebook.com/muhammad.ismoil/posts/1311036578955379
https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/tursunoy-sodiqova-1944-2017/

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz