Tursunoy Rahimova




Tursunoy Rahimova (1997-yil 5-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik bokschi, oʻta yengil vazn egasi. 2020-yil Osiyo va Okeaniya uchun Tokio—2020 Olimpiadasi litsenziyasini beruvchi turirda Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Faoliyati



Tursunoy Rahimova 2016-yil Ulan-Batorda oʻtkazilgan Chinggis Khan Cup xalqaro boks turnirida 51 kilogrammgacha vazn toifasida ringga tushib oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yil Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda bronza medali bilan taqdirlangan. 2019-yil Rossiyaning Ulan-ude shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatining birinchi raundida marokashlik Yasmin Muttaki ustidan gʻalaba qozongan ammo keyingi bosqichda xitoylik Say Szunsyuyga 1:4 hisobida yutqizib qoʻyadi. 2020-yil Iordaniyaning Ammon shahrida oʻtkazilgan turnirda Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashish litsenziyasini qoʻlga kiritgan.

Tokio 2020



Tursunoy Rahimova 51 kg vazn toifasida Tokio olimpiadasidagi boks bahslarining birinchi bosqichida ishtirok etib, polshalik Sandra Drabik ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Shuning bilan u Olimpiadada gʻalaba qozongan ilk oʻzbekistonlik bokschi qiz boʻldi. Olimpiadadagi boks bahslarining ikkinchi bosqichida turkiyalik Buse Naz Çakıroğluga qarshi ringga chiqib magʻlubiyatga uchradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz