Tursunov Sayfuddin Yunusovich




Sayfuddin Yunusovich Tursunov (1939.28.2, Andijon viloyati Izboskan tumani Poytugʻ qishlogʻi) — terapevt olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari doktori (1981), professor (1983). Andijon tibbiyot institutini tugatgan (1962). Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida ordinator (1962—64), assistent (1964—68), kurs mudiri (1968—70), kafedra mudiri (1975—98), pediatriya fakulteti terapiya kafedrasi mudiri (1970—72), gospital terapiya kafedrasi dotsenti (1972—73), endokrinologiya kafedrasi kurs mudiri (1973—75), 1998-yildan ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri. Ilmiy faoliyati yurak, qontomir kasalliklarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish va asoratlarini yoʻqotishga oid. T. profilaktik (priventiv) kardiologiya maktabi asoschisi. T. darslik, oʻquvmetodik qoʻllanmalar muallifi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz