Tursunmuhamedov Sattor Pozilhaqovich




Tursunmuhamedov Sattor Pozilhaqovich (1929.11.1, Turkiston shahri – 21.07.2020) — faylasuf olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasida akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972). Toshkent moliya-iqtisod institutida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1955-76). Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy oʻquv yurtlari ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti direktori (1976—79), 1985—93 yillarda shu institutda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar kafedrasining mudiri. Toshkent pedagogika instituti rektori (1979—83), 1983—85 yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida falsafa kafedrasining mudiri. Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy pedagogika instituti direktori (1993). 1995-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik kafedrasi professori. Ilmiy ishlari sanoat va qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik sohalariga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz