Tursun Abdurahimovich Azlarov




Tursun Abdurahimovich Azlarov (1938, Toshkent — 2012) – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), professor (1974), fizika-mat, fanlari doktori (1973). ToshDU ni tugatgan (1960). Toshkent Davlat Universitetida hamda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi matematika institutida ishlagan (1960-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi oʻrinbosari (1992–95). Ilmiy ishlari limit teoremalarga, ommaviy xizmat koʻrsatishning matematik nazariyasiga va uzluksiz funksiyalarni chiziqli musbat operatorlar yordamida yaqinlashtirish muammolariga bagʻishlangan. A. lokal teoremalarda bir tekis baholash masalasi; gʻalvirsimon taqsimotlarning ayrim sinflari uchun teoremalar; tekis taqsimlangan va butun son qiymatli tasodifiy miqdor hamda vektorlarning ayrim sinflari uchun lokal limit teoremalarning integral teoremalarga ekvivalentligi masalalari bilan shugʻullandi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz