Tursinxon Xudayberganov




Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov (1951-yil 20-may, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001—2006-yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010—2016- va 2018—2022-yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri (2022-yil 1-mart), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005—2010-yillarda va 2020-yildan).

Biografiyasi



Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. Millati — qozoq.

Taʼlim



1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati



1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari.

1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi.

1982—1987-yillarda Boʻka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi.

1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi.

2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2016-yil 20-dekabrdan — Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi.

2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan.

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri vazifasida ishlab kelmoqda.

Mukofotlari



Tursunxon Xudoyberganov 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan

Oilasi



Oʻgʻli Xudayberganov Artik Tursinxanovich, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz