Turshak




Turshak — danagi bilan oftobda kuritilgan oʻrik. Danagi etidan qiyin ajraladigan, bargakka yaroqsiz, mayda oʻrik navlari (Qandtak, Boboiy, Oqnuqul va boshqa mevalari) T. qilinadi. Hosil yigʻilgach, tozalanib yuviladi, savat yoki bordonlarga yoyib, kuritiladi. Har 4—5 kunda agʻdarib turiladi. 8—15 kunda qurib, T. boʻladi. Ayrim joylarda T.ga kurt tushmasligi uchun oʻrikni quritishga tayyorlashda uni savati bilan anjir barglari solingan qaynoq suvga bir muddat botirib olinadi. Oltingugurt bilan (har 1 kg mevaga 2—2,5 g dan) 1,5—2 soat mobaynida dudlab quritilganda rang kiradi, sifati ortadi. T. tarkibida 40—90% qand, 1,2—6,9% kislota bor.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz