Turp




Turp (Raphanus sativus L.) — karamdoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik. 5 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Yunoniston va Rimda ekilgan. Hozirgi paytda dunyodagi barcha mamlakatlarda ekiladi. Birinchi yili kesikli, tukli barglardan iborat toʻpbarg va ildizmeva hosil qiladi. 2yili, ekilgach, gulpoya chiqarib, 35—40 kunda gullaydi. Gullashi bir oygacha davom etadi. Gul toʻplami — shingil. Guli 4 tojbargli, 2 jinsli, oq pushti, binafsha yoki ochsariq rangda, chetdan hasharotlar, asosan asalarilar yordamida changlanadi. Madaniy T. rediska va yovvoyi T. bilan oson chatishadi. Mevasi ochilmaydigan urchuq yoki silindrsimon qoʻzoqdan iborat. Urugʻi yumaloq, oval shaklda, och, toʻq jigarrang (rediska urugʻiga oʻxshash), 1000 donasi vazni 9—14 g, unuvchanligi (1 toifa urugʻlarda 85%) 4—5 yilgacha saklanadi.

T. faqat ochiq yerda yetishtiriladi. Urugʻi 2—4°da unib chiqadi. 13—20°da yaxshi rivojlanadi, harorat 20°dan yuqori boʻlsa ildizmevalarning oʻsishiga salbiy taʼsir qiladi. T. namsevar oʻsimlik. Namlik yetishmasa ildizmevasi yaxshi oʻsmaydi. Ildizmevasi yirik, 200 g dan 4–5 kg gacha. Tarkibida oʻrtacha 1,92% oqsil, 1,58% qand, 1,55% kletchatka, 8–29 mg %.vitamin S va boshqa bor. Asosan, yangiligida, ayrim vaqtlarda dorivor sifatida isteʼmol qilinadi. Shuningdek, unda lavshaga qarshi vitamin bor, modda almashinuvi, ovkat hazmini yaxshilaydi. T. Oʻzbekistonning markaziy viloyatlarida iyul oxiri — avgust boshida, jan. mintakalarda, avgust 2 oʻn kunligida, 2— 3 sm chuqurlikka ekiladi. Maisa koʻkarib chiqquncha tuproq doimo nam holda tutiladi. Keyingi parvarish oʻtash va yaganalashdan, oʻz vaqtida sugʻorib va kultivatsiya qilib turishdan iborat. Oʻzbekistonda T.ning Margʻilon va Andijon9 tezpishar navlari davlat reyestriga kiritilgan. Hosildorligi: Margʻilon navi 350—360 s/ga; Andijon9 navi 480—500 s/ga.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz