Turor Risqulov




Turor Risqulov (1894-yil 14(26)-dekabr, Yettisuv (hozirgi Olmaota) viloyati Verniy uyezdi Sharqiy Toʻrgʻay boʻlisi (volosti) — 1938-yil 10-fevral, Moskva) — davlat va jamoat arbobi. Merke shahridagi rustuzem maktabi (1910) va Pishpek (hozirgi Bishkek)dagi xoʻjalik maktabini tugatgan (1914). Turkistonda podsho Rossiyasiga qarshi 1916-yilda koʻtarilgan milliy ozodlik harakatida qatnashgan. Toshkentdagi oʻqituvchilar seminariyasida oʻqigan (1916—1917). Qozoq (qirgʻiz) yoshlarining inqilobiy tashkilotini tuzishda ishtirok etgan (1917-yil yozi). Turkiston ASSR sogʻliqni saqlash komissari (1918—1919), Turkiston kompartiyasi Musulmonlar byurosi raisi (1919—1920), Turkiston ASSR MIK raisining birinchi oʻrinbosari (1919-yil oktabrdan), raisi (1920). Risqulov Moskvaga chaqirib olinib, unga RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligining ikkinchi oʻrinbosari, komissarliknnig Ozarbayjondagi muxtor vakili lavozimlari (1920-yil avgust — 1922-yil iyul) berildi. Keyin oʻz yurtiga qaytarildi va u Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi vazifasida ishlay boshlatsi (1922-yil sentyabr — 1924-yil yanvar). 1924—1925-yillarda u yana Moskvaga chaqirib olindi, Komintern (Kommunistik Internatsional) ijroiya qoʻmitasida, (aoliyat koʻrsatdi (Oʻrta Sharq boʻlimi prining yordamchisi, Mongoliyada… favqulodda vakil). Soʻng VKP (b) Qozogʻiston oʻlka komitetiga yuborilib, „Yenbekshi kazax“ gazeta masʼul muhariri qilib tayinlandi (1926-yil 10-apreldan). RSFSR XKS raisining oʻrinbosari (1926—1937).

Risqulov tarix, iqtisod, siyosat, jurnalistika sohasida oʻzbek, qozoq, rus tillarida asarlar yozdi. „Yettisuv masalalari“ (Toshkent, 1923), „Inqilob va Turkistonning tub aholisi“ (1917—1919) (Toshkent, 1925, 1qism), „Oʻrta Osiyo dolisining 1916-yil qoʻzgʻoloni“ (Kizil Oʻrda, 1927), „Qirgʻiziston“ (MoskvaLeningrad, 1927), „Qirgʻiziston“ (MoskvaLeningrad, 1929), „Turksib“ (1930) kabi kitoblari shular jumlasidandir.

Risqulov 1937-yil 21-mayda hibsga olingan. Turkistondagi „Ittihodi taraqqiy“ millatchilik tashkilotiga aloqadorlik va „panturkizm“da ayblanib, 1938-yil otishga hukm qilingan. 1956-yil oqlandi. SSSR parchalangach, Risqulovning ilmiy merosi Turkiston xalqlariga qaytarildi. Uch jildli asarlari Olmaotada rus tilida chop etildi. Tavalludining 100 yilligi keng nishonlandi (1994).

Manbalar




[Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida]



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz