Turnalar




Turnalar (Gruidae) — turnasimonlar turkumi oilasi. 4 urugʻga birlashgan 15 turi mavjud. Yirik, oyoqlari va boʻyni uzun, qanotlari nisbatan keng. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Avstraliyada tarqalgan. Suvoldi yoki oʻta nam ekosistemalarda yashaydi. Mavsumiy migratsiya davrida qishlash joylariga katta gala boʻlib uchib ketadi. Uyasini yerga oʻsimliklardan yasaydi. 3—6 yoshida voyaga yetadi. Nasl uchun ikkala jins ham gʻamxoʻrlik qiladi. 2— 3 ta tuxum qoʻyib, 1 oyga yaqin bosadi. Bolalari 2—3 oy oʻtgach, uchirma boʻladi. Jufti doimiy, uzoq saqlanadi. Yosh qushlar otaonasi bilan qishlov joyiga uchib ketadi; bahorda uya qurish joylariga qaytib kelgandan soʻng alohida yashay boshlaydi. Oʻsimliklar urugʻi, kurtagi, mevasi, hasharotlar, mayda kemiruvchilar, baliqlar, mollyuskalar va boshqa bilan oziklanadi. Oʻzbekistonda oq turna, kulrang turna va kichik turna uchib oʻtish davrida uchraydi. Janubiy viloyatlarda kulrang turna qishlab ham qoladi. Oq turna Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz