Turnabuloq




Turnabuloq , Qizil, Qurganaksoy — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Yakkabogʻdaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining Yakkabogʻ togʻlaridan (2500 m) boshlanadi. Yakkabogʻ qishlogʻi yaqinida (4 km) Yakkabogʻdaryoga quyiladi. Uzunligi 35 km, havzasining maydono 186 km. Togʻlar orasidan chuqur daralardan soʻng keng vodiy boʻylab oqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,35 m/sek. Bahorda toshadi. Mart — iyun oylarida suvi koʻpayadi, yoz oxiri va kuzda kamayadi. Ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz