Turkmėnai




Turkmanlar — xalq, Turkmanlar Oʻrta Osiyodagi millat, asosiy aholisi (2537 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston, Shimoliy Kavkaz, Astraxon viloyati va Rossiya Federatsiyasining bir nechta shaharlarida, Afgʻoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

T.ning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari, qisman qad. Margʻiyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. 1ming yillik oʻrtalarida Kaspiy boʻyi choʻllarida turkiy qabilalar, 9-asrda oʻgʻuzlar paydo boʻlgan. Ular T.ning etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻgʻuzlarning asosiy guruhi 11-asrda shimoli-sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. 15-asrda turkman elati shakllangan. 20-asrgacha T.da qabilaurugʻlarga ajralish saqlangan. Ulardan eng yiriklari: takalar, yovmutlar, ersari, solurlar, sariklar, gyoklan va choudorlar boʻlgan.

Turkmanlar (turkm. Türkmenler) — Turkiy millat. Turkman tilida gapirishadi. Asosiy xalqi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Turkmanlarning bir qismi Eron, Afgʻoniston va Rossiyada istiqomat qilishadi. Boshqa turkiy xalqlar qardosh xalqlar hisoblanishadi. Eng yaqinlari turklar va ozarbayjonlar. Asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilikdir. Turkmanlar dunyoga oʻzlarining otlari bilan juda mashhurdirlar, ayniqsa axaltekin otlari.

Tarix




Tili



Turkmancha Oltoy tillar oilasining Turkiy tillar boʻlimi Oʻgʻuz guruxiga mansubdir. Turkmanchaning Arab alifbosidagi, Lotin alifbosidagi va Kirill alifbosidagi yozuvlarini uchratish mumkin. Mustaqillikdan soʻng hukumat Kirill alifbosidan Lotin alifbosiga oʻtishga qaror berdi va ayni paytda bu davom etmoqda.

Din



Turkman Ersari gilami
Arablar kelguniga qadar turkmanlar Tangritanlik, Zardushtiylik, Buddizm dinlariga sigʻinar edi. Milodiy 8-asrlardan boshlab turkmanlar Islom dinini qabul qila boshladilar. Ayni paytda turkmanlar musulmonlikning Sunnat mazhabidadir.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz