Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi




Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi , Turkmaniston SSR (turkmancha: Түркменистан Совет Социалистик Республикасы; ruscha: Туркменская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Turkmanistoni deb yuritiladi.

1921-yil 7-avgustda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.

Turkmaniston SSR poytaxti Ashxobod shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 16 shahar, 74 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi



Turkmaniston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 6–4-asrlarda Axomaniylar, Makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan Parfiya podsholigi, Sosoniylar davlati tarkibida boʻlgan.

5–8-asrlarda eftalitlar, turklar, arablar hokimiyati oʻrnatilgan. Turkmaniston SSR xalqi arablarga qarshi Muqanna qoʻzgʻolonida ishtirok etgan. 9–10-asrlarda Tohiriylar, Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan.

11-asrga kelib Turkmaniston SSR hududini oʻgʻuzlar zabt etgan. 11–13-asrlarda Saljuqiylar davlati Xorazm tarkibida boʻlgan. 13–15-asrlarda moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan. Soʻngra esa Temuriylar davlati Turkmaniston hududini egallab olgan. 15-asrda turkman elati tarkib topa boshlagan.

16–17-asrlarda Buxoro xonligi tarkibida, 19-asrning 60-yillari oxiri – 80-yillar oʻrtasida Rossiyaga qoʻshib olingan.

Turkmanistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr-dekabr oylarida oʻrnatilgan. Mamlakat hududining asosiy qismi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirgan. 1921-yil 7-avgustda Turkiston ASSR tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.

1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz