Turkmaniston Fanlar Akademiyasining Texnologiya Markazi




Turkmaniston Fanlar Akademiyasining Texnologiya Markazi ― Turkmaniston hukumati koʻmagida tashkil etilgan innovatsion markazdir. U Ashxabod markazidan 6 km gʻarbda, yirik transport yoʻnalishlari yaqinida, 2072 (Bikrova) koʻchasining janubiy qismida joylashgan. Turkmaniston Fanlar akademiyasi  markazni rivojlantirish boʻyicha boshqaruv tuzilmasi hisoblanadi.

Asosiy maʼlumotlar



Texnopark qurilishi 2012-yilning iyun oyida boshlangan. Unga Bikrov massividagi hudud tanlangan. Qurilishni Turkiyaning Polimeks kompaniyasi amalga oshirgan.

Va nihoyat 2014-yil 6-iyun kuni Turkmanistonning ilmiy-texnikaviy va innovatsion siyosatini amalga oshirish, raqobatbardosh, material va energiya tejovchi, ekologik toza yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion siyosatni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilgan, Texnologiyalar markazi tashkil etildi.U Turkmaniston Fanlar akademiyasi ixtiyoriga berildi.

12-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Mixail Myasnikovich, kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari — yapon olimi Eyichi Negishi va isroillik olim, JSST direktori Ada Yonat ishtirokida Texnologiyalar markazining ochilishi boʻlib oʻtdi.70 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda joylashgan markaz  olti qavatli asosiy maʼmuriy bino, shuningdek, shamol va quyosh qurilmalari, qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun binolar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, konstruktorlik byurosi, koʻplab ilmiy-tatqiqot laboratoriyalari, nanotexnologiyalar, koʻrgazma maydonchalari va boshqa obyektlarni oʻz ichiga olgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz