Turkmanchoy tinchlik shartnomasi
Turkmanchoy shartnomasi (Turkmanchoy shartnomasi) — Rossiya imperiyasi bilan Qajarlar Eroni (Fors) oʻrtasida tuzilgan, rus-fors urushi natijasida (1826-1828) imzolangan tinchlik shartnomasi. 1828-yil 10-(22)fevralda Turkmanchoy hududida (Tabriz yaqinida) Rossiya Imperiyasi tomondan piyoda qoʻshin general I. F. Paskevich tomonidan imzolangan. Fors davlati nomidan Fors shahzodasi Abbos Mirzo va tashqi ishlar vaziri Mirzo Abul Hasanxon imzolashgan. 1828-yil 20-martda Nikolay I va Fath Ali Shoh tomonidan ratifikatsiya qilingan. Aleksandr Griboedov shartnoma shartlarini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Shartnomaning ahamiyati
Shartnoma Guliston tinchlik shartnomasi (1813) boʻyicha Rossiyaning fors hududlaridan ma'lum qismini qoʻlga kiritilishini tasdiqladi. Turkmanchoy shartnomasiga binoan - Erivan va Naxichevan xonliklarini tarkibida bo'lgan Sharqiy Armaniston hududlari bilan birga Rossiyaga berib yuborildi. Shuningdek, Fors armanlarning Rossiya chegaralariga ko'chirilishiga aralashmaslik majburiyatini oldi. Forsga 20 million kumush rubl miqdorida tovon to'lashi bo'yniga qo'yildi. Tomonlar elchilar darajasida missiya almashdilar. Rossiya hukumati Rossiya bilan shartnoma imzolagan Abbos Mirzoni Fors taxti vorisi deb tan oldi. Davlatlar oʻrtasidagi yangi chegara Araks daryosi qirg'oqlari bo'ylab o'tadigan bo'ldi.
Tinchlik shartnomasi bilan bir vaqtda savdo shartnomasi ham imzolandi (" Fors bilan rus va fors subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) savdosi to'g'risida tuzilgan risola"). Ushbu shartnomaga ko'ra rus subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) butun Eron bo'ylab erkin savdo qilish huquqini oldilar. Shartnoma Rossiyaning Kavkazdagi mavqeini mustahkamladi. Yaqin Sharqda Rossiya ta'sirini kuchayishiga yordam berdi va Britaniyaning Forsdagi mavqeyiga putur yetkazdi. Shunday qilib, shartnoma Rossiya savdo kemalari uchun Kaspiy dengizida suzish erkinligini va Rossiyaning bu yerda dengiz flotiga ega bo'lish huquqini tasdiqlandi. "Savdo to'g'risidagi maxsus shartnoma" ga ko'ra, "Eron hududida Rossiya subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) o'rtasida yoki subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) va boshqalar o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va sud ishlari masalasi Rossiya subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) Rossiya diplomatik vakillarining yurisdiksiyasiga bo'ysunadi. Rossiya va Eron subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) o'rtasidagi sud ishlari Eron hukumati tomonidan ko'rib chiqilishi kerak edi, lekin har doim Rossiya missiyasi yoki konsulligining vakillari ishtirok etishlari shart qilib qo'yildi.
Shartnoma Forsda yashovchi armanlar uchun katta ahamiyatga ega edi. Shartnoma imzolangandan so'ng o'n minglab armanlar Rossiya hududiga ko'chib o'tdi. Shu bilan birga, imzolangan shartnomalarga muvofiq ko'chirilgan armanilar o'z mol-mulkini boj va soliqlarsiz olib chiqish huquqiga ega edilar.
Gʻarblik va eronlik tahlilchilarining fikriga ko'ra, Turkmanchoy shartnomasi Eronning kelajakdagi taqdiriga, xususan, iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keldi. Eron o'ziga yuklatilgan tovonni toʻlash uchun aholiga yangi soliqlar joriy etilishini e’lon qilingani, koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻldi.
J.Kayening fikricha , Turkmanchoy shartnomasi “
Eronga chuqur tajovuzkorlik ” edi . Fridrix Engels
“Turkmanchoy shartnomasi Forsni Rossiyaning vassaliga aylantirdi” , deb taʼkidladi. Eronlik tarixchi Mehdi Mojtahediyning fikricha, Turkmanchoy shartnomasi “
Guliston shartnomasidan koʻra alamli va zararliroq ” boʻlib chiqdi, chunki “Eron butunlay taslim boʻldi, qojarlar esa Rossiyaning siyosiy quliga aylandi” . Boshqa bir eronlik muallif M. Afsharning yozishicha, “
Turkmanchoy Eronning siyosiy tanazzulining boshlanishi boʻlib, shoh imperiyasi nafaqat qudratli qoʻshnisiga qarshi kurashishi, balki unga qarshilik koʻrsatish huquqidan ham mahrum etilgan edi ” . Eron tarixchilari Derbentni “Eron eshigi” deb atab kelgan edi. Eron uchun Kavkazning Rossiya imperiyasiga berilishi “nafaqat uning hududining bir qismini yoʻqotilishi”, balki "o'zining eng murosasiz dushmani uchun" “Eron eshiklarining ochilishi” degan xulosaga keladi.
Keyingi davr
Turkmanchoy shartnomasi tuzilganidan ko'p o'tmay , Rossiya-Turkiya urushi (1828-1829) boshlanishi munosabati bilan Buyuk Britaniya tomonidan qo'zg'atilgan Eron hukumati kelishuv shartlarini buzishga harakat qildi. Eron hukumati tomonidan shartnomaning buzilishi, o'sha paytdagi Tehronda joylashib olgan Rossiya rezidenti A. S. Griboedovning noroziliklariga sabab bo'ldi. 1829-yil 11-fevralda Rossiyaga qarshi norozi kayfiyatdagi jamoa(Britaniya agentlari bilan chambarchas bog'langan va Shohga yaqin kishilar bo'lgan) Rossiya rezidentligiga hujum qilishdi, natijada A. S. Griboedov vafot etdi. Eron bilan yangi qurolli to'qnashuvga kirishishni istamagan imperator Nikolay I Shoh ning rasmiy uzr so'rashi qabul qildi va shu bilan cheklangan edi.
Turkmanchoy shartnomasi oktabr sotsialistik inqilobigacha Rossiya-Eron munosabatlarining belgilovchi hujjat edi.
Xotira
Eslatmalar
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Turkmanchoy tinchlik shartnomasi — Rossiya imperiyasi bilan Eron o‘rtasida 1828-yil 21-fevralda imzolangan muhim sulh shartnomasi. Bu shartnoma 1826–1828 yillardagi rus-eron urushiga yakun yasadi va ikki mamlakat o‘rtasidagi yangi chegaralarni belgiladi.
Tarixiy kontekst:
1826-yilda Rossiya imperiyasi va Eron (Qajarlar sulolasi) o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi. Ushbu urush Rossiyaning Kavkazdagi siyosiy ta'sirini mustahkamlash va hududiy kengayish maqsadida olib borildi. Urush natijasida Rossiya ko‘plab hududlarni qo‘lga kiritdi.
Shartnomaning mazmuni:
- Eron Rossiyaga katta hududlarni topshirdi, jumladan, Armanistonning ko‘p qismi va G'arbiy Qorabog‘.
- Rossiya imperiyasi Eronning Shimoliy Ozarbayjon, Chuguchak viloyatini egalladi.
- Ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar Turkmanchoy qishlog‘i tomonida aniq belgilandi.
- Eron Rossiyaga harbiy tovon puli to‘lashi lozim edi.
- Eron podshohi Rossiya imperatori oldida amaldorlarining qudratini cheklashga rozilik bildirdi.
Shartnomaning natijalari va ahamiyati:
- Turkmanchoy shartnomasi Eron uchun qattiq mag‘lubiyat bo‘lib, mamlakatning janubdan shimolga bo‘lgan territoriyasining katta qismi Rossiyaga o‘tdi.
- Rossiya Kavkazdagi hukmronligini mustahkamlab, Qafqozda kuchaygan siyosiy ta’sirini yanada oshirdi.
- Shartnoma nafaqat hududiy o‘zgarishlarga olib keldi, balki Eronning geopolitik mavqeini pasaytirdi va unga nisbatan Rossiyaning ustunligini tan oldirdi.
- Bu shartnoma keyingi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda muhim tarixiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Xulosa:
Turkmanchoy tinchlik shartnomasi Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyo va Kavkazdagi kengayishini ta’minlagan muhim vaziyat hisoblanadi. Bu shartnoma orqali Rossiya Qajarlarga nisbatan harbiy va siyosiy ustunlikka ega bo‘ldi hamda yangi hududlarni qo‘lga kiritdi. Shartnoma Eron tarixida og‘ir mag‘lubiyat sifatida esda qoldi va mamlakat siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.