Turkmanboshi Ruhi masjidi




Koordinatalari: 38°1′4″N 58°15′10″E / 38.01778°N 58.25278°E / 38.01778; 58.25278 G O

Turkmanboshi Ruhi Masjidi (turkmancha: Türkmenbaşy Ruhy Metjidi) yoki Gupjak masjidi  – Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid. Turkmaniston poytaxti Ashxobod yaqinidagi Gupjak (yoki Qipchoq) qishlogʻida joylashgan. Mamlakatning birinchi Prezidenti Saparmurod Niyozov tashabbusi bilan qurilgan.

Masjid mamlakat poytaxti Ashxoboddan taxminan 7 kilometr (4.3 mi) gʻarbda, M37 avtomagistrali boʻyida joylashgan.

Koʻrinishi



Fransiyaning Bouygues kompaniyasi tomonidan qurilgan masjid prezident Saparmurat Niyozovning ona shahrida qurilgan. U 2004-yil 22-oktyabrda ochilgan va Niyozov tomonidan maqbara siftida barpo etilgan. Niyozov ikki yil oʻtib vafot etadi va 2006-yil 24-dekabrda shu maqbaraga dafn qilindi.

Masjid qurib bitkazilgach koʻplab munozaralar markazida boʻldi, chunki devorlarga ham Qurʼon, ham Ruhnoma (Ruh kitobi) – Niyozovning „hayotning soxta maʼnaviy qoʻllanmasi“ dan bitiklar yozilgan. „Ruhnoma“ Qur’onga tenglashtirilgani koʻplab musulmonlarni gʻazablantirdi. Darhaqiqat, 10 000 nafar namozxonni sigʻdira olishiga qaramay, masjid koʻpincha boʻsh holatda boʻladi, chunki „Ruhnoma“ yozuvlari dindor masjidchilar tomonidan kufr deb hisoblanadi.

Eslatmalar




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz