Turkiyaning davlat qarzi
Turkiyaning davlat qarzi - bu Turkiya Respublikasi davlatining ma'lum bir sana yoki muddatda to'lanmagan to'g'ridan-to'g'ri, muddatli, shartnomaviy va moliyaviy majburiyatlarining butun zaxirasidir.
Ichki qarz
2017-yil oxirida Turkiyaning umumiy yalpi davlat qarzi taxminan
954 milliard Turk lirasini (
221 milliard dollar ) tashkil etdi, bu YaIpi Ichki Mahsulotning taxminan 30 foiziga teng. Turkiya Markaziy bankining sof aktivlari, davlat sektori depozitlari va ishsizlik sug'urtasi jamg'armalarining sof aktivlari chegirib tashlanganidan keyin, Turkiyaning umumiy sof davlat qarzi taxminan
262 mlrd. TL (taxminan
60 mlrd $ )ga teng bo'lgan holda YaIMning 8 foizini ni tashkil qiladi.
Tashqi qarz
2017-yil dekabr oyi oxirida Turkiya davlatining xorijiy valyutalardagi yalpi qarzi
453,2 milliard dollarni (YaIMning qariyb 53 foizi), Turkiyaning sof tashqi qarzi esa
291,2 milliard dollarni (YaIMning qariyb 34 foizi) tashkil etgan edi. Turkiya g’aznachiligi tomonidan kafolatlangan kreditlar ayni vaqtda 13,8 milliard dollarnga yetdi.
2018-yilning fevral oyida mamlakatning valyuta zaxiralari 114,5 milliard dollar ekvivalentini tashkil qildi.
Xavotirlar
2018-yil aprel oyida Turkish Industry and Business Association raisi mamlakat "Este'mol va tashqi kreditlarga asoslangan iqtisodiy o'sish yo'lidan ketishi" kerakligini ta'kidlab, Turkiyaning tashqi qarzi "hozir yalpi ichki mahsulotning 53 foizidan oshib ketganini" eslatdi.
Turkiya bosh vazir oʻrinbosari Mehmet Shimshek milliy valyutaning qadrsizlanishi iqtisodiyotni (koʻproq) raqobatbardosh qilib qoʻyganini va “turk lirasi uchun eng yomoni endi ortda qolganini” taʼkidladi. Tahlilchilar liraning AQSh dollari va yevroga nisbatan zaiflashishi hamda korporativ va xorijiy valyutadagi qarzlar miqdorining oshib borishi hisobiga “tizimli xavf” haqida ogohlantirgan edilar, bu esa “2009-yildan buyon ikki karra oshgan".
Moliyaviy bozorlar
2018-yil holatiga ko'ra Turkiyaning mahalliy valyutada savdo qiluvchi obligatsiyalar bozori rivojlanayotgan bozor mamlakatlari orasida 6-o'ringa chiqib oldi. 2009-yil oxirida esa Turkiyadagi korporativ obligatsiyalar bozori 481 million lirani (340 million AQSH dollari) tashkil etgan holda, 2010-yilga kelib 1,4 milliard turk lirasi (1,9 milliard AQSH dollari) ga, 2011-yil oxirida esa 4,3 milliard dollarga yetdi. Bir qator korporativ defolt va qayta tuzilishlar “investorlarning ishtahasini biroz pasaytirgan" bo'lsada, 2017-yilga kelib bozorning umumiy hajmi taxminan 18 milliard lirani (5 milliard 200 ming dollar) tashkil etdi.
201-yildan 2017-yilgacha chiqarilgan korporativ qarzlar bo‘yicha o‘rtacha kupon stavkasi qisqa muddatli depozitlar bo‘yicha 11,1 foiz va 2 yillik davlat obligatsiyalari bo‘yicha 10,4 foizga nisbatan 12,1 foizni tashkil etdi.
Turkiyaning Eurobond bozori 2011-yilning boshida ochildi va banklar hamda korporativ shaxslarga obligatsiyalar boʻyicha foiz toʻlovlaridan ushlab qolindadigan soliqlarni toʻlamasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri yevroobligatsiyalar chiqarishga ruxsat berildi.
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org