Turkiyadagi masjidlar ro'yxati
Bu
Turkiyadagi masjidlar roʻyxati .
2013-yil mart oyi holatiga koʻra, Turkiyada 82 693 ta masjid bor edi. Masjidlar soni eng koʻp boʻlgan viloyat bu (3113 ta) Istanbul, eng kam masjid viloyat (117 ta) esa Tunceli viloyati boʻldi. Bu 2003-yildan beri 10 yil ichida masjidlar soni 7324 taga koʻpayganini koʻrsatdi
Turkiyadagi ilk masjid bu Qars viloyati Arpachay shahridagi masjiddir. U 1072-1086-yillarda kurd Shaddodiylar sulolasidan Ebu’l Manuchehr bey tomonidan qurilgan. Masjidni taʼmirlash 2020-yil iyun oʻyinida boʻlgan.
Yana bitta masjidlardan biri bu „Ahmet Hamdi Akseki masjidi“ Masjid Turkiyadagi eng katta masjidlardan biridir..Masjid uchun 2008-yilda poydevor qoʻyilgan, 2009-yilda masjid qurilishi tugagan.Masjid 2013-yil 19-aprelda oʻsha paytdagi Bosh vazir Rajab Toyyib Erdoʻgʻan ishtirok etgan marosim bilan ochilgan. U diniy olim va Din ishlari boshqarmasi rahbarining prezidenti Ahmet Hamdi Akseki sharafiga nomlanadi.
Eng qadimiy bino va masjid bu-Ayliyo Sofiya ibodatxonasi hisoblanadi.
Sofiya ibodatxonasi , — Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Bu Vizantiya meʼmorligining buyuk mahobatli yodgorligidir (532—537). Meʼmorlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Sofiya ibodatxonasi tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida boʻlib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. Oʻrta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uzunligi 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bagʻalidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va boshqalar) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-asrda vayron boʻlgan gumbazi 1374-yilda kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (16-18-asrlar). 2020-yilda qayta masjid boʻlib ochildi.
Qolgan masjidlar roʻyxati Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org