Turkiyada davlat toʻntarishiga urinish (2016)
2016-yilning 15-iyulida Turkiyada davlat muassasalariga, jumladan hukumat va prezident Recep Tayyip Erdoğanga qarshi davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi. Davlat toʻntarishiga urinish Turkiya Qurolli Kuchlari tarkibida oʻzlarini en:Peace at Home Council sifatida tashkil qilgan guruh tomonidan amalga oshirilib, uning aʼzolari hanuzgacha nomaʼlumdir. Ular Anqara, Istanbul, Marmaris va boshqa shu kabi bir qator joylarda, jumladan, Bosfor koʻprigining Osiyo tomon kirish qismida bir nechta joylarni egallab olishga urinishgan, biroq davlatga sodiq kuchlar ularni magʻlubiyatga uchratganidan soʻng, buni uddalay olishmagan. Kengash, dunyoviy tuzum va demokratik boshqaruvning yoʻq qilinishi, inson huquqlariga beparvolik hamda Turkiyaning xalqaro maydondagi ishonchini yoʻqotishini toʻntarishga sabab oʻlaroq koʻrsatdi. Hukumat toʻntarish yetakchilari Turkiya Respublikasi tomonidan terroristik tashkilot deb tan olingan hamda Pennsylvaniada istiqomat qiluvchi turkiyalik biznesmen va olim Fethullah Gülen yetakchiligidagi Gülen harakati bilan bogʻliqligini taʼkidladi. Turkiya hukumati davlat toʻntarishiga urinish ortida Gülen turganini (buni Gülen rad etgan) hamda Qoʻshma Shtatlar unga panoh berayotganini bildirdi. Davlat toʻntarishga urinish va undan keyingi tozalashlar bilan bogʻliq hodisalar Turkiyadagi islomiy elita oʻrtasidagi murakkab hokimiyat kurashi ketayotganligini aks ettiradi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org