Turkiyada ayollarga saylash va saylanish huquqining berilishi




Turkiyada ayollarga saylash va saylanish huquqining berilishi — 1930-yillarga kelib, yosh Turkiya respublikasida ayollarga zamonaviy huquq va erkinliklar joriy qilinadi. Ayollarning siyosiy hayotda saylash va saylanish huquqining qoʻlga kiritishi; Turk jamiyatida amalga oshirilayotgan „Atatürk inqiloblari“ning bir parchasi hisoblanadi.

1930-yilda chiqarilgan qonun bilan avval Belediye (mahalliy hokimiyat)ga, 1934-yil 5-dekabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishdan soʻng deputat etib saylash va saylanish huquqiga ega boʻlgan.

Ayollarning mahalliy hokimiyatlardagi saylovda ishtiroki



Ayollarning mahalliy hokimiyat (Belediye)larda saylash va saylanish huquqi 1930-yil 3-aprel kuni chiqarilgan qonun orqali tan olingan edi. Ayollar saylov huquqini dastlab 1930-yilda mahalliy hokimiyat saylovlari orqali amalga oshirishadi. Saylovlar sentabr oyi boshidan, 20-oktabrgacha davom etadi. Shahar majlislariga kirishi mumkin boʻlgan ayollar orasidan „Respublika xalq firqasi“(CHF) vakillari sifatida Hasane Nalan va Benal Nevzat xonimlar va CHFning Istanbul vakillari sifatida Rana Sani Yaver (Eminönü), Seniye İsmail Hanım (Beykoz), Ayşe Remzi Hanım (Beyoğlu), Nakiye (Beyoğlu), Latife Bekir (Beyoğlu)lar qatnashishadi.

Bu saylovlarda Artvin viloyati, Yusufeli tumaniga qarashli Kilichkayaning mahalliy hokimi etib saylangan Sadiye xonim ayni vaqtda „Turkiyada saylangan birinchi ayol mahalliy hokimi“ boʻlgan edi. U bu lavozimda ikki yil faoliyat olib boradi. Turkiyaning birinchi saylangan viloyat hokimi Turkiya koʻp partiyaviylik tizimiga oʻtgandan soʻng saylanadi. 1950-yil 2-sentabr kuni oʻtkazilgan saylovlarda 27 nomzod orasidan saylangan Mersin hokimi Müfide İlhan „Turkiyada saylangan birinchi ayol viloyat hokimi“ boʻladi.

„Qishloq qonuni“ning 20-moddasini oʻzgartirilishiga doir 1933-yilning 26-oktabrdagi 2329 sonli qonunning chiqarililishi bilan Turkiyada ayollarning qishloq muxtorligi va hay’atiga saylash va saylanishi mumkin boʻladi.

Aydinning Chine tumaniga qarashli Demirdere qishlogʻi(bugungi Karpuzlu tumani)da 500 ga yaqin ovoz olib, mahalliy saylovda gʻalaba qozongan Gül Esin Turkiya respublikasining birinchi saylangan muxtori boʻladi.

Deputatlikka saylash va saylanish huquqi



Turkiyada ayollar deputat boʻlish uchun dastlabki qadamni 1923-yilda tashlashgan edi. Bu ilk qadam 1923-yilda, Nezihee Muhiddin yetakchiligidagi ayollarning birinchi bor partiya qurish istagi bilan bogʻliq edi. Buning natijasida „Ayollarning xalq firqasi“ tashkil qilinadi. Ammo 1909-yilgi saylov qonuni tufayli „Ayollarning xalq firqasi“ni „Turkiya ayollar birligi“ nomli tashkilotga oʻzgartirilishi bilan yakunlangan edi.

1924-yilgi konstitutsiya tayyorlanayotganda ayol deputatlarning saylash va saylanish masalasi koʻtariladi. Biroq TBMM (Turkiya Buyuk Millat Majlisi) deputatlarining saylash va saylanish faqat erkaklarga oid ekanligiga koʻproq urgʻu bergani uchun bu amalga oshmagan edi.

Kerakli qonuniy oʻzgarishlar amalga oshirilgandan soʻng 191 deputat va bosh vazir İsmet İnönüning bu boradagi taklifidan soʻng 1934-yilda amalga oshadi. Taklif 1934-yilning 5-dekabr kuni TBMMda koʻrib chiqiladi. Ovoz berishda 317 deputatning 258 nafari bir ovozdan bu oʻzgarishni tasdiqlashadi. Konstitutsiyaning 10 va 11 moddasiga oʻzgartirish kiritilib, ayollarga 22 yoshdan saylash, 30 yoshdan saylanish huquqi beriladi. Bu konstitutsiyaviy oʻzgarishdan soʻng 1934-yilning 7-dekabr kuni „Turkiya ayollar birligi“ Istanbuldagi Boyazid maydonida katta bayram mitingi oʻtkazadi. Va toʻplangan ayollar Boyaziddan Taksim maydoniga yurish amalga oshirishadi.

Turk ayollari 1935-yilning 8-fevral kuni TBMMning umumiy saylovlarida ishtirok eta boshlashadi. Bu saylov natijasida 17 ta ayol TBMMda oʻrin egallaydi. 1936-yilda boʻshagan oʻrinlar uchun amalga oshirilgan qayta saylovlarda Hatice Özgenelning saylanishi sababli ayol deputatlarning soni 18 taga yetadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz