Turkiya yangi davri
Respublika sari mashaqqatli yo‘l
Mudros bitimi imzolanganda M.Kamol Halabda edi. U turk armiyasi qoldiqlarini qabul qilish uchun Adanaga yetib keldi. Bosh vazir Ahmed Izzat Poshsho unga ingliz qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmasdan Istanbulga qaytishini aytdi. M.Kamol poytaxtga qaytib, Bosh shtabga o‘tdi. Imperiya rahbarlari Parlament deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazgach, uni Sulton qabul qildi. 3-noyabrda ingliz qo‘shinlari tomonidan Mosul okkupatsiya qilindi. 10-noyabrda Fransuz va Ingliz harbiy kemalari Novorossiyskka kirdi. 9 oy davom etgan turk okkupatsiyasidan so‘ng Batumi egallandi. 1918-yildan boshlab ruslar turk qo‘mondonligidan Kavkazortini tashlab chiqib ketishni talab qildi.
1919-yil mart oyida inglizlar Samsun orqali Urfaga yetib kelishdi. 27-noyabrda Istanbul inglizlarning Qora dengiz armiyasi qo‘mondoni Jorj Milin shtabi bilan kelishib, ittifoqchilar armiyasini Turkiyaga masʼul qilib tayinladilar. Noyabr oyida okkupatsiya guruhlari va Antanta kemalari Turkiyaga kirib kelgandi. AQSh qo‘shinlari Istanbul, Bosfor va Dardanell orqali qish o‘rtalarida Qora dengizga kirib keldi, o‘n minglab qurol-aslaha Turkiya hududiga joylashtirildi. Mersin, Adana va Iskendurun shaharlarini fransuzlar nazoratga olgan, yunonlar Izmirni egallagandi. Komissar etib britananiyalik admiral tayinladi. Sulton Vahdeddin Turkiyaning g‘olib bo‘lgan davlatlar bilan munosabatlarini yaxshi tutib turishi lozim edi. 1918-yil 21-dekabrda Vahdeddin okkupantlarning tazyiqi ostida parlamentni tarqatib yuboradi.
1919-yilning mart oyida sulton qayn ukasi Farid poshshoni bosh vazir, hukumat boshlig‘i qilib tayinlaydi. Barcha hodisalar turk aholisi orasida okkupatsiyaga qarshi tashkilotlarning tashkil qilinishiga olib keld. Turkiya okkupatsiya qilingandan so‘ng Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Yaqin Sharq, Rossiyaning janubi, Qrim, Kavkaz va Kaspiy dengizi bo‘yi hududlariga aralashish imkoni tug‘ildi. Sharqiy O‘rta Yer dengizida, Yaqin Sharqda, Bolqonda va Rossiya janubida Qrim, Kavkaz va Kaspiy bo‘yi hududida bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalangan ingliz armiyasi bo‘ldi.
Tashqi siyosati
1918-yilning 2-sentyabrida Turklar Bakuni egallab oldi, Dog‘istonda turk posbonlari paydo bo‘ldi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra u yerga turk diviziyasini kiritish vaʼda qilindi. Barcha yo‘llar Rossiyadan Ozarbayjonga Anatoliyaning Shimolidan o‘tar edi, shuning uchun bu yo‘l ishonchli qo‘llarda bo‘lishi shart edi.
Rossiya bilan aloqalar kuchli edi. Dog‘istonga turli qo‘shinlar kela boshladi. 1918-yilning noyabr oyidagi kapituliyatsiyadan keyin eshelonlar Bakuga va Tiflisga ketdi. Ularning o‘rniga Roulenson boshchiligidagi inliz otryadi keldi. Dog‘iston imomi Najmiddin Rossiya bilan aloqani targ‘ib qilib boshladi. Janubga hukmron Rossiya qo‘shinlarining kirib kelishi mag‘lub bo‘lgan Turkiyaga nisbatan interventsiya hisoblanardi. Istanbul shahri boshqaruv uchun qulay norasmiy shtab kvartiraga aylandi. Bu hol Turkiyadagi keyingi hodisalarning rivojlanishini belgilab berdi.
Kavkaz mojarosi
1918-yilning bahorida Kavkaz xalqlari bolshiveklar taʼsiriga kirib qolgandi. Kavkazga inglizlar kirib kelgandan keyin ular Denikin qo‘shinlarini bolsheviklarga qarshi jang qilishi, Kavkaz ularning ishlariga aralashmasligini talab qildi. Denikin armiyasining har qanday mustaqil harakati inglizlar tomonidan man qilinardi.
Shunday qilib, butun Kavkazortida ingliz okkupatsiyasi o‘rnatildi, ularning qo‘shinlari bolshiveklarga qarshi kelmadi, chunki bu yer turklar va nemislardan ozod hudud edi. General Tomson bitta batalyon bilan Maxachqaʼlani egallab tog‘ hukumatini maʼnaviy qo‘llab rus taʼsirini siqib chiqarmoqchi edi. Bu murakkab kurashda turli siyosiy kuchlar bor edi. 1917-yilning oktyabr voqealaridan keyin turk hukumati rasmiy va norasmiy ravishda Kavkaz siyosatiga aralashdi. Turkiya Kavkazni zahiradagi hudud sifatida saqlab qolmoqchi edi. 1918-yilning 30-oktyabrida yuqori lavozimli shaxslar Kavkazda oʻz birodarlarini topishdi. Tog‘ tashkilotlari uch tomon: Turkiya, Gruziya va Ozarbayjondan mablag‘ olishardi. Bir vaqtning o‘zida turli siyosiy yo‘nalishlarning quroliga aylanib, xalqning noroziligi yuzaga kelishi uchun zamin bor edi. Og‘ir iqtisodiy sharoit, o‘zaro dushmanlik mahalliy ma’muriyatning adolatsizliklari chetdan ta’sir bo‘lmasa, urushga aylanmas edi. Gruziya Nuri-poshshoning rejalaridan qo‘rqardi. Nuri-poshsho yaqin kelajakda bu mamlakatni islom fanatizmi oqimlari bilan to‘ldirib tashlashini aytib tahdid solardi. Ozarbayjon turk ofitserlarini qo‘mondonlik tarkibiga instruktorlar sifatida yuborardi. Majlis Kereselidzini tog‘ respublikasi qo‘shinlari qo‘mondoni qilib tayinladi. Ali-hoji va Uzun-hoji Kavkaz hukumati tomonidan Chechiniston va Dog‘istonga boshliq etib yuboriladi. Gruziya va Ozarbayjon chet ellik missionerlarga milliy tog‘ respublikasining harakatini qo‘llab-quvvatlamaslikni so‘rab murojat qilishdi. Xalq gvardiyasi qurukltoyida Kavkaz orti xalqlarining Rossiyaga qo‘shib olinishi Angliyaning ishi emasligi aytildi.
Milliy ozodlik harakati rahnamosi Mustafo Kamolga Mudros bitimi imzolangandan keyin Suriya chegaralaridan chaqirib olindi. Bu paytda u inglizlarga qarshi jang qilardi. Mustafo Kamol 13-noyabr kuni dushman floti shaharda qanday kelgan bo‘lsa shunday ketishini aytdi. Uning bu so‘zlari interventlarga qarshi qanchalik qattiq kurashga chog‘langanidan darak berar edi. Izmirda 1919-yilning 15-mayida turklar har xil hududlarda paydo bo‘lgan okkupantlarga qarshi harakatlarni boshlab yuborishdi.
Milliy kuch hisoblangan Quvvai Millie tashkiloti paydo bo‘ldi. Bu yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan, zaif partizan otriyatlari edi. Shunga qaramay, ular dushmanga qarshi kurashga bel bog‘lagan birinchi tashkilot edi.
M. Kamol siyosati
Sochi okrugi inglizlar bilan kelishuvga ko‘ra betaraf makon deb tan olindi. Bu muammo bo‘yicha London va Konstatinopolga Denikinning so‘rovnomalari javobsiz qoldi. Denikinning yozishicha, Sochi voqeasi hamma uchun kutilmagan natijalarga olib keldi. Sochi okrugi ingliz boshqaruvining kelishuvi va talabiga ko‘ra egallangan edi. Uokker tomonidan yuborilgan polkovnik Uayt Sochiga keldi va u yerdan “ingliz nazorati o‘rnatilishi” munosabati bilan Ko‘ngillilar ko‘shinini darxol olib chiqib ketish talabini ilgari surdi, ammo rad javobini oldi. 1919 yilning yanvarida Bzibi daryosining ikki yonini egallagan polkovnik Faynsning ingliz rotasi paydo bo‘ldi. Bu bilan Denikinning gruzin armiyasi bilan harbiy muajarosi yakun topmadi, bir oz vaqtdan so‘ng Gruziya ko‘shini Bzibini kechib o‘tish harakatlarini qayta boshladi. 1919 yilning 4 aprelida gruzin ko‘shinlari ingliz postlari va Bzibi daryosini to‘siqsiz kesib o‘tib, Denikin ko‘shinlariga zarba berdi, shu paytning o‘zida front ortida yashillar ko‘zg‘olon ko‘tardi.
Rassiya Turkiya munosabati
General Denikin o‘z kundaligida keltirgan bu va boshqa maʼlumotlar, shunga guvohlik beradiki, Rossiya va Turkiyaga nisbatan intervensiyaga jalb qilingan ingliz bosqinchilari 1919 yilning boshidayoq u yerlarda intizom o‘rnatishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan. Oldinda esa ularni yanada ko‘proq qiyinchiliklar kutar va o‘z kuchlari yordamida ularga bas kela olmas edi. Har qanday holatda ham Istanbuldagi ingliz qo‘mondonligi va sulton turk armiyasi jangovor generali M.Kamolning Anatoliyaning sharqiy qismiga nazorat safariga umid bog‘lashgan edi. 1919 yilning 19 mayida Izmirga yunon ko‘shinlarining kirganidan sanoqli kunlardan so‘ng, sultonning harbiy noziri Mustafo Kamol Samsunga yetib keldi va Samsun janubidagi Xavza shaharchasida o‘z qo‘shini bilan joylashib oldi. U yerdan Amasiyaga o‘tdi. Anatoliyadagi ozodlik harakatining keng ko‘lamliligida shaxsan ishonch hosil qilgach, M.Kamol uni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Shamsuddinovning fikriga ko‘ra, “Kamol o‘sha davrda mamlakatdagi ozodlik harakati podshohning “muqaddas” bayrog‘i ostida rivojlanishi kerak edi” deb hisoblagan. M.Kamol o‘z safdoshlari bilan birga bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakatini boshqarish, aniqrog‘i uning harakatlarini muvofiqlashtirishga kirishdi. Uning ilk qilgan ishi, harbiy qismlar qoldiqlari bilan aloqa o‘rnatib, ularni tinchlik bitimi talablarini bajarmaslikka chaqirdi va qarshilik ko‘rsatish zarurati haqida xabarnomalar yubordi. Shu yo‘sinda Istanbuldagi chiqishlar ommalashib ketdi.
Manba
Adabiyotlar Roʻyxati.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkiya tarixi. Abdullayev.N.A. T.2018.y
uz.wikipedia.org