Turkiya va sovuq urushning tugashi
Sovuq urush tugashi
Turkiyadagi holat
1990-yil o‘rtalarida ahvol yomonlashgan edi. Mamlakatning siyosiy kuchlari bo‘layotgan holatni turli xil talqin qilishdi va xalqqa o‘zlarining yangi siyosiy-iqtisodiy rejalarini taklif qilishdi. Turkiya AQSh bilan o‘zining yuqori darajadagi aloqalarini saqlab qoldi.Shunisi aniq bo‘ldiki, G‘arb bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar saqlanib qoldi. Aynan shu payt, ya’ni 1992-yil yanvarda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshida turk hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tashkil etildi. Bu tashkilot o‘z ishiga bir nechta turk respublikalaridan tarixchilar, filologlar va tilshunoslarni jalb qildi. Tashkilot bir qancha sobiq sovet respublikalari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi yirik dasturlarni amalga oshirishga kirishdi. Turgut O‘zaldan so‘ng mamlakatning yangi rahbarlari korxonalarni xususiylashtirishni davom ettirdilar, ammo uning natijasi kutilgandek bo‘lib chiqmadi. O‘zal qabul qilgan qonunlar tezlik bilan joriy etilmagan va konstitutsiyaning doiradan chiqib ketishiga olib boradigan hamma yangi qonunlar va qonunosti hujjatlarning qayta ishlanishiga ehtiyoj sezilgan.
Yangi qonun
1994-yil 27-noyabrda barcha turdagi davlat mulkini xususiylashtirishga qaratilgan yangi qonun (4046-qonun) kuchga kirdi. Uning ijrosi oldingidan kam bo‘lmagan qiyinchiliklar bilan (muammolar) amalga oshirildi. Shu bois 1995-yil 6-mayda davlatga tegishli bo‘lgan “turk telekomunikatsion A.Sh” (“Turk Telekom”)ning 49 %ni sotish prinsiplarini (qonun-qoidalar) belgilab beruvchi alohida yangi 4107 - qonunini qabul qilishga to‘g‘ri keldi. Biroq 1996-yil 29-fevraldayoq Konstitutsion sudning qarori bilan 4107 – qonunning ba’zi moddalari bekor qilindi. Doimo amerikaliklar tomonidan Telekomni xususiylashtirishga oid bo‘lgan talablar qo‘yilardi. Eregliy metallurgiya kombinati, Sumerbank, Turban (Turizm), Petkim, Turk havo yo‘llari, Petrol ofisi (neft mahsulotlarini sotish, yoqilg‘i quyish shahobchalari), Chernomorsk mis eritish kombinati, Sivas metall kombinati, shuningdek, TuprASh neftni qayta ishlash zavodiga tegishli bo‘lgan bir qancha elektr stantsiyalari kabi katta tashkilot va uyushmalarning aksiyalarini xususiylashtirishga oid bo‘lgan rasmiyatchiliklar juda sekin amalga oshirilardi. Ko‘rinib turibdiki, “Farog’at” partiyasiga ovoz berishga turk xalqini nafaqat diniy sabablar chorladi, balki, buning yana bir sababi partiya rahbarlarining sotsial adolat, tahqirlangan va kamsitilganlar borasidagi shiorlari katta foyda berdi.
Manba
Adabiyotlar ro'yxati.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullayev.N.A. Turkiya tarixi. T. 2018. y
uz.wikipedia.org